Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 21-mart kuni yuz bergan sel-suv toshqini oqibatida yuzdan ortiq xonadonlarga suv kirgani haqida xabar berilgan edi. Shu kabi Samarqandda ham suv toshqini zarar yetkazgan ko‘prik qayta tiklangani ma’lum qilindi

Foto: FVV

FVV xabariga ko‘ra, 21-mart kuni soat 01:20 dan soat 04:30 ga qadar Samarqand viloyati Urgut tumani Uzunsoy qishlog‘i hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi hodisasi kuzatilgan. Natijada yomg‘ir suvlari shu hududdagi ko‘prikka jiddiy shikast yetkazib, texnikalarning harakatini cheklab qo‘ygan. 

Foto: FVV

FVV mas’ul xodimi, tuman hokimligi, FVB, IIB, Avtoyo‘l va boshqa tegishli xizmatlar zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, hamkorlikda olib borilgan zarur amaliy harakatlar natijasida mazkur ko‘prik to‘liq tiklandi va harakat qatnovi ta’minlandi.

Foto: FVV

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »