Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida sel-suv toshqini yuz berdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21-mart kuni taxminan soat 19:10 lar atrofida Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi qir-adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari Arnalisoy orqali “Elobod” mahallasiga kirib kelgan. Ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari mahalla hududidagi ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan, hududdagi 2 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 47 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar joylar ichkarisiga kirgan.

Shuningdek, kuchli yomg‘ir suvlari Azlarsoydan toshib, soy quyisida joylashgan “Azlarsoy” mahallasi hududidagi 5 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 56 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar joylarga suv kirgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida  “Azlarsoy” mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va “Elobod” mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi. Tuman markazidagi “Yangi shahar” mahallasida joylashgan 2 ta 4 qavatli uylarning yerto‘lasiga yig‘ilgan toshqin suvlari yong‘in-qutqaruv texnikalari va motopompalar yordamida chiqarib tashlandi.

Qumqo‘rg‘on tumani “Elobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 Olmaota—Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yo‘lining 1535–1536-kilometri oralig‘ida transport vositalari va yo‘lovchilar xavfsiziligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik harakat cheklanib, suv toshqinlari tugaganidan so‘ng, yo‘lga yig‘ilgan loyqalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, soat 21:00 da ikki tomonlama transport qatnovi to‘liq tiklandi.

Ushbu hududda sodir bo‘lgan toshqin suvlari Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli UKga qarashli, Qumqo‘rg‘on—Elbayon peregoni PK 8-9 temiryo‘l ostidan o‘tgan suv quvuriga sig‘magani natijasida, temiryo‘lning taxminan 0,4 kilometr qismidan toshib o‘tib, shag‘al qoplamasini qisman yuvgan.

Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli UKning 200 nafar ishchi-xizmatchilari, avariya tiklash poyezdi, 2 ta avtoyuklagich, 1 ta ekskvator yordamida, 28 ta vagonlarda olib kelingan shag‘al temiryo‘lning zarar ko‘rgan uchastkasiga yotqizilib, ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi hamda bugun, 22-mart kuni soat 07:00 da temiryo‘l harakati to‘liq tiklandi.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda “Elobod” mahallasi ichki ko‘chalari, yo‘llar va boshqa joylarni loyqadan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Tezkor tadbirlarga 462 nafar xodim, 7 ta texnika, 11 ta motopompa, 24 ta muxandislik texnikalari jalb qilingan.

“O‘zgidromet” 20—22-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir sababli sel-suv toshqini yuzaga kelishi, hududlarni suv bosishidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »