Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Ukrainadagi urush 2021-yilda boshlanishi kerak bo‘lganini aytdi. Budanov Voice of America’ga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Ukraina artilleriya bo‘linmasi 2S7-Pion o‘ziyurar qurolidan Xarkov viloyatidagi front chizig‘i yaqinidagi pozitsiyaga o‘q uzdi 
Foto: AFP / Igor Tachev

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilda Putin xalqaro diplomatik sa’y-harakatlar bilan to‘xtatib qolingan. Bosqinning boshlanish sanasi 2022-yil fevraliga ko‘chirilgan va yakuniy qaror 23-fevral kuni Kremlda qabul qilingan.

“Urush boshlanganiga bir yildan o‘tdi va Rossiya o‘zining strategik vazifalaridan hech birini bajara olmadi. Biroq, Ukraina 2022-yil fevral yaqinlashganda, ma’lum qadamlar qo‘ydi va aynan shu sababli Rossiya 24-fevralda o‘z rejasini amalga oshira olmadi. Misol tariqasida, 23- fevral kuni bizning aviatsiyamiz shay holatda edi. Rossiya 24-fevral kuni raketalar uchirganida, bizning jangovar aviatsiyamizdagi yo‘qotishlar deyarli minimal, nolga teng bo‘ldi. Bunday kichik qadamlarning ko‘pi so‘nggi daqiqalarda amalga oshirilgan”, — dedi Budanov.

Ukraina razvedka rahbarining fikricha, Rossiya uzoq davom etadigan harbiy harakatlarga tayyor emas.

“Men sizga razvedka rahbari sifatida shu gapni aytyapman. Ular o‘n yillik urushga tayyor ekanini har tomonlama ko‘rsatadi, aslida ularning resurslari juda cheklangan. Ham vaqt, ham hajm jihatidan. Rossiyada buni juda yaxshi bilishadi”, — dedi u.

Razvedka rahbarining fikricha, Xitoy Rossiyaga qurol-yarog‘ berilishiga rozi bo‘lmaydi. Ayni paytda u bunday mavzular muhokama qilinayotganiga hech qanday dalil ko‘rmayotganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »