Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Koson tumani obodonlashtirish boshqarmasi 15—25-mart kunlari tumandagi markaziy archaga bezaklar sotib olish bo‘yicha tender o‘tkazdi. “Daryo” hujjatlarni monitoring qilib, lot ma’lumotlari haqida ma’lumot beradi.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Loyiha smeta hujjatlarida g‘olib tadbirkor Koson tumanida Yangi yil bayrami ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilishi uchun 2023-yil o‘rnatilgan markaziy archaga bezak va o‘yinchoqlar yetkazib berishi kerak. 

Texnik topshiriq ma’lumotlariga ko‘ra, tenderning boshlang‘ich narxi 264 million so‘m bo‘lib, mahsulot bir komplekt sifatida olib kelinadi.

Skrin: Xarid bayonnomasi

Tenderda “Jaxon Metal Profil” xususiy korxonasi va “Mash’al Hamkor Grand” MCHJ ishtirok etdi. Yakunda 93 ga 74 hisobida “J.M.P” g‘olib deb topildi. Shartnoma summasi — 262 million so‘m.

“Daryo” muxbiri nega mart oyida Yangi yil archasini bezatish uchun buncha mablag‘ sarflangani bo‘yicha izoh olish uchun obodonlashtirish boshqarmasining aloqa telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Ammo go‘shakni hech kim ko‘targani yo‘q.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »