Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Teri saratoniga olib keladigan ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishning eng samarali usullaridan biri quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanishdir. Dermatologlar uni bahorning o‘rtasidan kuzgacha ishlatishni tavsiya qiladilar va bundan nafaqat dam olish maskanlariga borishdan oldin ta’til paytida, balki shaharda istiqomat qilayotganda ham foydalaning. Afsuski, ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchiligimiz terining muhim joylarini unutamiz va shuning o‘zi ham saraton kasalligiga chalinish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Tananing ushbu qismlariga e’tibor bering va keyingi safar tashqariga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotganda o‘tkazib yubormang.

Bosh terisi

Ajablanarlisi shundaki, biz bosh terisini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish haqida juda kam o‘ylaymiz. Vaholanki, quyosh nurlarining aksariyati bosh qismiga tushadi. Shu bois ko‘chada ko‘p vaqt qolishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz ham shlyapa yoki bosh kiyim haqida unutmang. Shu bilan birga har ikki soatda bosh terisiga quyoshdan himoyalovchi krem surtib turish kerakligini yodda saqlang.

Quloq

Dermatologlar ko‘pincha himoya kremini qo‘llash uchun terining faqat ikki joyini tanlashlari kerak bo‘lsa, ular quloq va labni tanlashlarini ta’kidlashadi. Ehtimol, siz bu haqda bilmassiz, ammo lab va quloq terisi eng himoyasizdir. Shu jihatdan teri saratoni rivojlanish xavfining asosiy sohasidir. Ko‘chaga chiqayotganda maxsus krem, losyonlardan foydalaning va shlyapa yoki sharf o‘rang.

Lab

Ultrabinafsha nurlari yiliga 365 kun to‘g‘ridan to‘g‘ri labga tushadi. Ammo lab, ayniqsa, issiq mavsumda, bahor va yozda zaiflashadi. Bu paytda ularni nafaqat quruqlashishdan, balki teri saratoni rivojlanishiga olib keladigan xavfli nurlardan ham himoya qilish juda muhimdir. SPF darajasi 30 yoki undan yuqori bo‘lgan mahsulotlardan foydalaning — shunda lablaringiz nafaqat namlanadi, balki himoyalanadi ham.

Qovoqlar

Birinchidan, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklardan foydalanish har joyda va har vaqt muhimdir. Ammo kun bo‘yi ko‘zoynak taqib yursangiz ham, qovoqlarning nozik terisi ishonchli himoyaga muhtoj bo‘ladi. Bunda SPF darajasi yetarli bo‘lgan odatiy yuz kremidan foydalanganingiz ma’qul.

Bo‘yin

Negadir ko‘pincha bu sohani unutamiz: bo‘yin terisi qarishga qarshi muolajalarni o‘ziga oladigan va quyoshning xavfli ta’siridan eng kam himoyalangan joydir. Bo‘yin ham kun bo‘yi quyosh nuri ostida qoladi. Shuning uchun u kuchaytirilgan himoyaga muhtoj. Kremni ko‘chaga chiqishdan 15 daqiqa oldin surting, kun bo‘yi quyoshda bo‘lsangiz, har ikki soatda bir marta surtib turing.

Oyoqlar

Oyoq va uning barmoqlari yana bir xavf zonasidir. Uydan chiqishdan oldin oyoqlaringizni maxsus krem bilan parvarishlashni unutmang.

Qo‘llar

Ha, shunday — qo‘llarni himoya qilishni tez-tez unutamiz. Qo‘l terisi deyarli har doim ochiq bo‘lib, quyosh nurlarini birinchilardan qabul qilib oladi. SPF darajasi yuqori bo‘lgan qo‘l kremidan foydalanishni unutmang va uni nafaqat bahor yoki yozda, balki qishda ham muntazam qo‘llang.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »