Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagonning internetga sizdirilgan maxfiy hujjati Ukraina armiyasi qarshi qachon boshlashi haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan. Bu haqda Newsweek xabar berdi.

Foto: Getty Images

Amerikaliklar Ukrainadagi jang maydonidagi vaziyatni, xususan, Donetsk viloyatidagi Baxmutni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ruslar shaharni o‘z nazorati ostiga olishga urinib, asosiy kuchlarini shu yerda to‘plagan. AQSH hujjatlaridan olingan ba’zi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Baxmut haqiqatan ham asta-sekin bosqinchilar qo‘liga o‘tmoqda.

“Shaharni yo‘qotish psixologik zarba bo‘lardi, ammo shahar umumiy urush uchun muhim ahamiyatga ega emas. AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainani bahorgi ’aksil hujum’ga tayyorlayotgan holda kelajakka umid qilmoqda. Hujjatlarda bu aprel oyi oxiriga mo‘ljallangani keltiriladi”, — deyiladi xabarda.

Newsweek nashri qarshi hujum 30-aprel bo‘lishi mumkinligi, bu real faktlarga emas, balki telefon suhbatlarini tinglashlarga asoslanganini ma’lum qildi.

Amerika hujjatlarida rus armiyasining yo‘qotishlari haqida ham ma’lumot keltirib o‘tilgan. Xususan, birgina fevral oyida ular 43 ming kishini yo‘qotgani va yana 180 ming kishi jiddiy jarohat olgan. Ukrainaning umumiy yo‘qotishlari ham berilgan. Urush boshlanganidan hozirgacha Ukraina Qurolli kuchlari 130 mingdan ortiq odamni yo‘qotgan.

Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumi boshlanishi mumkin bo‘lgan sananing “sizib chiqishi" haqida izoh bermadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »