Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Qozog‘iston Rossiyaga yordam berishi tufayli ikkinchi darajali sanksiyalarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Sputnik

AQSH moliya vaziri yordamchisi Elizabet Rozenberg Ostonadagi davra suhbatida bu bo‘yicha gapirdi. Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonni Rossiyaga G‘arb tomonidan o‘rnatilgan savdo va moliyaviy cheklovlardan qochishga yordam bergani uchun respublikadagi kompaniya va banklarga qarshi ikkilamchi sanksiyalar xavfi ortib borayotganidan ogohlantirmoqda.

AQSH Qozog‘iston hukumati rasmiylari va mamlakatning xususiy kompaniyalari bilan Rossiyaning sanksiyalarni chetlab o‘tishdagi yordami natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan “xavf va oqibatlarni aniqlash bo‘yicha” aloqada.

Qozog‘iston rasmiylari hozirgi sharoitda Rossiya bilan savdo xavfidan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Hukumat reeksport xavfini kamaytirish ustida doimiy ish olib bormoqda, buning uchun kompaniyalarni sanksiyalar haqida xabardor qiluvchi onlayn ma’lumotlar bazasi yaratilgan.

Import-eksport monitoringi tizimi kelasi oy onlayn rejimida ishga tushadi. Shu tarzda, shubhali savdo operatsiyalari diqqat bilan tahlil qilinadi. Zarur bo‘lganda ma’muriy choralar ko‘riladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »