Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning bayonotlari, aksariyat hollarda sof haqiqatdir. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Kirill Budanov maʼlumot berdi.

Foto: Telegram

“Bu axborot-psixologik operatsiyasi emas. Eng yomoni, Prigojinning aytganlari ko‘p hollarda haqiqat. Ayrim gaplar borki, ularni yolg‘on deb ham aytmayman, lekin ikki xil idrok qilinadi. Biroq ‘Vagner’ asoschisi aytgan gaplarning 80 foizi umuman sof haqiqat”, — dedi Budanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi fonida “vagnerchilar” o‘zlarining maksimal samaradorligini ko‘rsatdi, ammo shu sababli konflikt avj oldi.

”Prigojinning hozirda snaryadlar va qo‘llab-quvvatlash yo‘qligi haqida aytganlari maʼlum darajada hasaddan kelib chiqadi. Biroq Rossiya harbiy rahbariyatini aks ettiruvchi Shoygu, Gerasimov va boshqacha fikrda bo‘lgan generallar ham bor. Ammo ularning jamoasi bu bo‘linmalarning barchasini jismonan ‘yo‘q qilish’ uchun hamma narsani qilmoqda”, — dedi Budanov.

U jangovar harakatlarning samaradorligi jihatidan Rossiyada “Vagner” kampaniyasi bilan hech kimni solishtirib bo‘lmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »