Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Kiyevga kelishuv taklif qildi. Bu haqda Pentagonning sizdirilgan maxfiy ma’lumotlariga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Foto: Reuters

Taklifda Ukraina qo‘shinlarini Baxmutdan olib chiqib ketish evaziga Prigojin Ukrainaga rus qo‘shinlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni uzatishga va’da bergan.

Hujjatlarga ko‘ra, Prigojin bu taklifni 2023-yil yanvar oyida Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasidagi tanishlari orqali yuborgan va ular bilan urush paytida aloqada bo‘lgan. Prigojin telefonda gaplashishdan tashqari, Afrikaning ma’lum bir davlatida Ukraina qurolli kuchlari vakillari bilan shaxsan uchrashgan.

Prigojin rus qo‘shinlarining qaysi pozitsiyalarni oshkor qilishni taklif qilgani ochiqlanmagan.

Ukrainaning ikki amaldori anonim tarzda The Washington Post nashriga Prigojinning Ukraina qurolli kuchlari bilan “qayta-qayta” suhbat o‘tkazganini tasdiqladi. Kiyev Baxmut haqidagi taklifga rozi bo‘lmadi (manbalardan biriga ko‘ra, bu taklif bir necha bor ilgari surilgan), chunki ular “Vagner” asoschisiga ishonmaydi. Vashington ham Prigojinning samimiyligiga shubha qilmoqda, deydi amerikalik rasmiy.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 13-may kuni The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida Prigojin bilan aloqalarni tasdiqlamadi va to‘g‘ridan to‘g‘ri rad etdi. 

“Bu harbiy razvedka masalasi”, — dedi u. 

Intervyu e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, gazeta ushbu parchani saytdan olib tashladi, biroq Prigojinning yanvar oyidagi taklifiga bag‘ishlangan maqola chop etilgandan so‘ng, u qaytarildi.

Fevral va may oylarida Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligiga qarshi bayonotlar berishni boshladi va vazirlikni Baxmut yaqinidagi “Vagner” otryadlari uchun snaryadlar yetkazib bermaslikda aybladi. 

Rossiya prezident ma’muriyatiga yaqin manbalar bunday xatti-harakat Prigojinning Rossiya prezidentiga Baxmutni qo‘lga kiritish haqida bergan shaxsiy va’dasi bilan bog‘liqligini aytdi.

Meduza manbalariga ko‘ra, davlat ommaviy axborot vositalari targ‘ibotchilari allaqachon Kremldan Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qilishda va “frontdagi muvaffaqiyatsizliklar” haqida gapirishda davom etsa, nashrlarda uni “sotqin sifatida ko‘rsatish” kerakligi haqida “ogohlantirish” olgan.

Shuningdek, Washington Post gazetasi Rossiya Mudofaa vazirligi Prigojinni oshkora tanqid qilish kampaniyasini tayyorlayotganini, biroq uni tashkil eta olmaganini da’vo qilgan.

Prigojin Zelenskiyning intervyusi e’lon qilinganidan so‘ng, “Ukraina bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov yoki Afrikadagi bosh razvedka boshqarmasi vakillari bilan uchrashganini tasdiqlash” haqidagi so‘rovga kinoya bilan javob qaytargan.

“Ha, albatta, men bu ma’lumotni tasdiqlay olaman, bizning chet el razvedka xizmatlaridan yashiradigan hech narsamiz yo‘q: Budanov va men hali ham Afrikadamiz. Washington Post ushbu ma’lumotni sahhifasidan olib tashlaganiga kelsak, menimcha, bu ularning o‘z vaqtida chipta sotib olmagani bilan bog‘liq.

Agar kimdir Washington Post hali ham Afrikada ekanini bilib qolsa, ularga biznes-klass uchun yuqori narxda bilet sotishadi. Shuning uchun ular odatdagidek pulni tejashni xohlaydi”, — deya kinoya qilgan Prigojin.

Baxmut evaziga rus qo‘shinlarining pozitsiyalarini topshirish taklifi haqida yangi maqola nashr etilgandan so‘ng, “Vagner” asoschisi yana bir kinoyali izoh bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar Budanov bilan do‘stona muloqot qilayotganini tasdiqlash uchun “ko‘proq ishlashlari va telefondan skrinshot olishi kerak”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »