Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sanksiya xavfi tufayli Armaniston, Qozog‘iston va Gonkong banklari Rossiyadan yuridik shaxslar uchun serverlar, mikrosxemalar, protsessorlar, telekommunikatsiya uskunalari va boshqa elektronika uchun to‘lovlarni bloklashni boshladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Pixabay 

Yetkazib beruvchilar elektronikani boshqa tovar kodlari ostida import qilishga harakat qilmoqda, shuningdek, muqobil to‘lov usullarini qidirmoqda. Ekspertlar do‘st mamlakatlar tomonidan eksport nazorati kuchayishi Rossiyada olti oy davomida bunday tovarlar tanqisligiga olib kelishi mumkinligini aytmoqda.

Elektronika bozoridagi manbalar so‘nggi ikki hafta ichida Qozog‘iston, Armaniston va Gonkong banklari Rossiya yuridik shaxslarining 8542 tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi (protsessor, mikrosxema va shu kabi tovarlar kiradi) bo‘yicha to‘lovlarni bloklash holatlariga ko‘proq duch kelayotganini aytgan.

“Bu Rossiya bilan hamkorlik qiluvchi banklarga tahdid soladigan AQSH sanksiyalarining o‘ninchi paketi bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

Cheklovlar, boshqa narsalar qatori, bloklangan shaxsga yoki undan pul mablag‘lari, tovarlar yoki xizmatlarni qabul qiluvchilarga nisbatan ham qo‘llanadi.

Natijada Rossiya kompaniyalari kompyuterlar, serverlar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va boshqa jihozlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan komponentlarni “muqobil” kodlar ostida import qilishga majbur bo‘ladi.

Hukumatga yaqin bo‘lgan yana bir manba so‘nggi avlod telekommunikatsiya uskunalari, serverlarini yetkazib berish uchun to‘lovlarni bloklash holatlari borligini aytdi.

Markaziy bank “xorijiy banklarning tartib-qoidalari ularning ichki siyosatiga bog‘liq va turli davrlarda turli darajadagi qat’iylik bilan tavsiflanishi mumkin” deb tushuntirdi.

Rossiya—Osiyo sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi rahbari Vitaliy Mankevich gonkonglik hamkorlar vaziyatni og‘ir deb ta’riflashini aytdi. Shu bilan birga, boshqa suhbatdoshning ta’kidlashicha, hozircha barcha Armaniston yoki Gonkong banklari to‘lovlarni bloklamayapti, yetkazib beruvchilarning o‘zlari esa “to‘lovlarni amalga oshirishning boshqa usullari”ni qo‘llashni boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »