Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xerson viloyatining Rossiya nazoratidagi qismida joylashgan Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida zarar ko‘rgan hududlarga borishni rejalashtirmayapti. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Jurnalistlar Peskovdan Putinning Xerson viloyatidagi “falokat zonasi yaqinida” operativ shtab yig‘ilishini o‘tkazish yoki u yerga shaxsan borish rejasi bor-yo‘qligini so‘rashdi.

“Yo‘q, hozirda bunday rejalar yo‘q”, — deb javob berdi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.

8-iyun kuni tushdan keyin Vladimir Zelenskiy Xerson viloyatining Ukraina nazoratidagi qismiga tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi.

“Ko‘plab muhim masalalar bor: tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan tezkor vaziyat, aholini suv bosish mumkin bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilish, to‘g‘on portlashidan keyin yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish”, — deyiladi Ukraina prezidentining Telegram kanalida.

Zelenskiy suv bosgan hududlardan odamlar evakuatsiya qilinayotgan kechuv joyiga ham tashrif buyurdi. U jabrlanganlarga yordam berayotgan qutqaruvchilar va ko‘ngillilarga minnatdorlik bildirdi.

6-iyun kuni Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘ldi — Dneprning quyi oqimiga suv quyila boshladi, buning oqibatida minglab turar joy binolari suv ostida qoldi. To‘g‘on joylashgan Novaya Kaxovka shahrining Rossiya tomonidan tayinlangan “meri” Vladimir Leontyev sohilbo‘yi hududlarini suv bosishi oqibatida Xersonning besh fuqarosi halok bo‘lganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »