Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Qizil Xoch xodimlari Kaxovka GESning portlatilishi oqibatida suv bosgan Xerson viloyatida bo‘lishi kerak, biroq ular yo‘q. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bild nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: AP Photo

Ukraina prezidentining aytishicha, BMT va Qizil Xoch “insonlar hayotini saqlab qolish uchun birinchilardan bo‘lib falokat joyida bo‘lishi kerak”. Zelenskiy ushbu tashkilotlarning Ukrainaning yordam haqida so‘rovlariga munosabatidan hafsalasi pir bo‘lganini taʼkidladi.

“Javob olmadik. Men hayratdaman”, — dedi Ukraina prezidenti va agar reaksiya bo‘lganida, bu juda diplomatik bo‘lar edi, deb ta’kidladi.

“Hozir sodir bo‘layotgan voqealar — fojia. Ekologik falokat va insoniyat halokati. Odamlar va hayvonlar halok bo‘ldi. Suv bosgan uylarning tomida turib odamlar suvda oqib ketayotganlarni ko‘ryapti. Bunga boshqa tomondan qarash mumkin. Xerson viloyatining bosib olingan qismidan odamlarni olib chiqish juda qiyin”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kaxovka GES to‘g‘oni 6-iyun kuni ertalab buzilgach, Xerson viloyatidagi besh mingga yaqin turar joy binosi suv ostida qoldi. Ukraina rasmiylari Rossiya harbiylari to‘g‘onni portlatganini da’vo qilmoqda. Kremlning taʼkidlashicha, to‘g‘on “Ukraina qurolli tuzilmalarining jinoiy harakatlari oqibatida” vayron qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »