Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Ukraina NATOga a’zo bo‘lishiga ishonch bildirdi va bunga dalil keltirdi. Bu haqda “TCH.ua” xabar berdi.

Foto: “armyinform.com”

Reznikovning fikricha, alyansning o‘zi Ukrainani NATOga qo‘shishdan manfaatdor, chunki u Rossiyaga qarshi jangovar tajribaga ega.

“Agar Rossiya NATO uchun asosiy tahdid bo‘lsa, hamkasb mudofaa vazirlariga oddiy savolim bor: Agar dunyoda faqat bitta davlat Rossiya armiyasini qanday ushlab turish, uni jang maydonida qanday mag‘lub etish va NATOning zamonaviy qurollaridan foydalangan holda g‘alaba qozonish bo‘yicha zamonaviy, samarali va muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lsa, Ukrainani NATOga qabul qilish uchun sizga yana qanday dalillarni keltirish kerak?” — dedi Reznikov.

Shu bilan birga, u “Ukraina de-fakto NATO davlati ekani va de-yure NATO davlatiga aylanadi”, deb qo‘shimcha qildi.

Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishga intilishi

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga kirishi Rossiyadan hech kim qo‘rqmasligi va Putinni o‘z o‘rniga qo‘yishining muhim belgisi bo‘lishini aytgandi.  U Kiyevga Yevroatlantika integratsiyasidan boshqa xavfsizlik kafolatlari kerak emasligini bildirgandi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans sammiti chog‘ida Ukrainaga “ko‘p yillik yordam paketi” berilishini aytdi. Bu sammit davomida Ukraina bo‘yicha qabul qilingan uchta asosiy qarordan biri bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »