Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov NATO sammiti chog‘ida mamlakatga kassetali bombalar yetkazib berilishi rus qo‘shinlariga qarshi urushda o‘yin qoidalarini o‘zgartirishini aytdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Foto: AP Photo

Mudofaa vaziriga ko‘ra, kassetali bombalar oddiy artilleriya snaryadlari taqchilligini qoplash uchun zarur.

“2022-yil may oyida 155 millimetrli artilleriya tizimlarini olganimizda, u o‘yin qoidasini o‘zgartirgandi. Iyul oyida turli xil o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarni qabul qildik. Bu navbatdagi o‘yin qoidasini o‘zgartirish bo‘lgan. Umid qilamanki, kassetali o‘q-dorilar vaqtincha bosib olingan hududlarimizni ozod qilish uchun o‘yin qoidalarining navbatdagi o‘zgarishi bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Reznikov.

U ba’zi davlatlar va gumanitar guruhlarning AQSHning Ukrainaga kassetali bombalarni topshirish haqidagi qaroriga nisbatan noroziligini rad etdi. Qurollar faqat Ukrainaning shahar atrofidagi hududlarida qo‘llanadi. Bundan tashqari, ittifoqchilar kassetali qurollardan foydalanish to‘g‘risida ham xabardor qilinadi.

Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar berilishi

AQSH Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar (yoki kassetali bombalar) beradi. U o‘nlab-yuzlab kichikroq bombalarni o‘z ichiga olgan konteynerlardir. Ularni samolyotdan, artilleriyadan, raketa otish moslamalaridan, dengiz qurollaridan otish mumkin.

Kassetali o‘q-dorilar oldindan belgilangan balandlikda ochiladi, bu mo‘ljallangan nishonning maydoniga bog‘liq bo‘lib, ichidagi o‘q-dorilar belgilangan hududga taqsimlanadi. O‘q-dorilar bir-biriga taymer bilan bog‘langan va yerga yaqinroq portlaydi.

Rossiyaning Ukrainaga kassetali bombalar berilayotganiga munosabati qanday?

Rossiya mudofaa vaziriga ko‘ra, Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilsa, Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasiga qarshi xuddi shunday vositalarni qo‘llashga majbur bo‘ladi. U  Amerika rahbariyatining bu qarori konfliktning cho‘zilishiga ta’sir qilishini ta’kidladi. 

Rossiya mudofaa vaziri mamlakat “har ehtimolga qarshi” kassetali bombalarga egaligini aytdi. 

Nima uchun kassetali o‘q-dorilar bahsga sabab bo‘lmoqda?

Bombalar katta maydonga tushgani sababli ular jangovar bo‘lmagan hududlarga ham tahdid solishi mumkin. Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q-dorilarning 10 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan qismi nobud bo‘ladi va portlamagan o‘q-dorilar tinch aholi uchun yillar va hatto o‘nlab yillar davomida xavf tug‘diradi.

Potensial halokatli kassetali o‘q-dorilar Laos va Vyetnamda ishlatilganidan 50 yil o‘tib hamon portlamay qolmoqda, bu esa mazkur qurollarni keng miqyosda taqiqlashni talab qilishga undadi.

Kassetali o‘qlar to‘g‘risidagi konvensiya tufayli dunyoning aksariyat mamlakatlari ushbu qurollardan foydalanishni allaqachon taqiqlab qo‘ygan, bu esa ularni zaxiralash, ishlab chiqarish va uzatishni ham taqiqlaydi. Ushbu konvensiyaga 123 davlat qo‘shilgan, ammo yana 71 davlat (xususan, AQSH, Ukraina, Rossiya) qo‘shilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »