Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Agar har kuni ushbu ro‘yxatdagi kamida 6 ta mahsulot diyetangizda bo‘lsa, bir necha haftadan so‘ng ijobiy o‘zgarishlarni sezasiz.

Foto: ‘’Noviy ochag”

Olma

Ushbu mashhur mevada miya hujayralarini zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi tabiiy flavonoid bo‘lgan kversetin moddasi mavjud. Olma kletchatka manbai bo‘lib, to‘qlik hissi va ozishga yordam beradi. Bir dona o‘rtacha kattalikdagi olma kundalik iste’mol qilinadigan kletchatkaning taxminan 16 foizini o‘z ichiga oladi. Niderlandiya olimlarining fikricha, oq mag‘izli mevalar (jumladan, nok) infarkt xavfini 50 foizga kamaytirishi mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Banan

Ko‘p ayollar bananni yuqori kaloriyali meva deb hisoblab, rad etadi. Ammo bu juda foydali mevadir! O‘rtacha kattalikdagi bananda taxminan 100 kkal, 3 gramm kletchatka va ko‘p miqdorda kaliy mavjud. Bu qon bosimini nazorat ostida ushlab turish imkonini beradi. Bolalarga banan bering: o‘tgan yili Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, har kuni banan iste’mol qilish bolani astma alomatlaridan himoya qilishi mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

O‘rmon mevalari

Golubika mevasini yaxshi ko‘rmaslik mumkin emas — bu rezavorlar antioksidantlarga boshqalariga qaraganda ko‘proq to‘yinadi. Ular saraton kasalligiga qarshi kurashadi, miya faoliyatini oshiradi va yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha rezavorlar singari golubikani muzlatkichda saqlash mumkin. Umuman, rezavorlarning hammasi ham ayollar uchun zarur bo‘lgan kuchli antioksidant — ellagik kislotaga boy.

Foto: “Noviy ochag”

Ananas

Qanday oziq-ovqatlar ayollar uchun foydali? Ushbu tropik mevaning 150 gramm mag‘zi C vitaminining kunlik dozasini beradi, bu birinchi navbatda infeksiyalarga qarshi turishga yordam beradi. Ikkinchidan, kollagenning faol sintezi uchun ajralmas hisoblanadi. Aynan shu protein terini yosh va elastik saqlash uchun javobgardir.

Foto: “Noviy ochag”

Ismaloq

Bitta sabzavot bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim vitaminlar manbai bo‘lishi juda yoqimli. Ismaloq tarkibida A, C, K vitaminlari va foliy kislotasi mavjud bo‘lib, ular yaxshi kayfiyatga ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Foto: “Noviy ochag”

Kale karami

Bu karam brokkoli kabi keng tarqalmagan, lekin u ozuqaviy tarkibi bilan haqiqiy chempiondir. Yarim stakan maydalangan karam tarkibida K vitamini kunlik qiymatining 420 foizi mavjud bo‘lib, u organizmda muhim rol o‘ynaydi va suyak salomatligiga ta’sir qiladi.

Konservalangan va yangi losos balig‘i

Foto: “Noviy ochag”

Yog‘li baliq omega-3 yog‘ kislotalarining birinchi raqamli manbai bo‘lib, yurak xastaligi va hatto, infarkt ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu kislotalar baxt gormoni sifatida tanilgan serotonin darajasini oshiradi. Konservalangan losos tunesga qaraganda kamroq simobga ega bo‘lib, ko‘pincha gazak sifatida va salatlar uchun ishlatiladi.

Suli yormasi

Foto: “Noviy ochag”

Ovsyanka xolesterin darajasini pasaytiradigan kletchatkaga boy, bu esa qorindagi yog‘lardan qutulishni istaydiganlar uchun ayni muddao. Ovsyankadan qilingan bo‘tqani rezavorlar, bir qoshiq asal va zig‘ir urug‘i bilan birga iste’mol qiling.

Donli mahsulotlar

Donli mahsulotlarni muntazam iste’mol qiladigan odamlar qorindagi yog‘larni osonroq yo‘qotadilar. Jigarrang guruch va bug‘doydan tayyorlangan makaron tez-tez stolingiz ustida bo‘lishi kerak. Yana bir muhim mahsulot perlovka bo‘lib, u nafaqat kletchatkani, balki o‘simlik oqsilini ham o‘z ichiga oladi. Perlovkani sabzavot bilan pishiring va ayollar uchun foydali mukammal kechki ovqatga ega bo‘lasiz.

Dukkaklilar

Foto: “Noviy ochag”

Kletchatka va o‘simlik oqsilining asosiy manbai, shuningdek, B vitaminlari, sink, temir va magniyga boy. Qora loviya organizmning himoya kuchini oshiradigan antioksidantlar omboridir. No‘xat haqida ham unutmang — yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ularni o‘z ratsioniga kiritganlar zararli taomlarni kamroq iste’mol qiladilar.

Tabiiy yogurt va kefir

Foto: “Noviy ochag”

Bu oziq-ovqatlar tez to‘yinganlik tuyg‘usini beradi va tarkibida oqsil miqdori yuqori bo‘lgani uchun vazningizni nazorat ostida saqlashga yordam beradi. Tabiiy yogurtda tovuq go‘shtiga qaraganda ko‘proq protein mavjud. Bundan tashqari, tabiiy yogurt va kefirda probiotiklar — immunitetni oshiradigan foydali bakteriyalar bor.

Shokoladning yana bir foydasi

Foto: “Noviy ochag”

Qora shokolad tarkibidagi flavonoidlarning ko‘pligi tufayli u gipertoniya va hatto, infarkt xavfini kamaytiradi. Kembrij universitetining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, shokoladni (qora yoki sutli) yaxshi ko‘radigan odamlar yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli o‘zlariga bir bo‘lak bo‘lsa ham ruxsat bermaydiganlarga qaraganda 37 foiz kamroq.

Shakar o‘rniga asal

Foto: “Noviy ochag”

Asal foydasi uchun shakardan voz keching. Qayta ishlangan oq shakar o‘rniga choy yoki qahvaga bir qoshiq asal qo‘shing. Bu almashtirish sizning ishtahangizga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Shakar bilan solishtirganda, asal ochlik gormoni deb nomlanuvchi grelin gormoni ishlab chiqarishni sekinlashtiradi. Aynan u miyaga ovqatlanish vaqti kelganligi haqida signal beradi. Ammo baribir asal juda yuqori kaloriya mahsulotidir. 1 osh qoshiq asal tarkibida 22 kkal bor, shuning uchun ehtiyot bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »