Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Odessa viloyatidagi Izmail portiga ketayotgan xorijiy kemani Qora dengizda o‘t ochib to‘xtatishi bug‘doyning global narxiga ta‘sir qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Euronews

Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa Ukrainadan hosillarni yetkazib berish bo‘yicha noaniqlikni kuchaytirgan.

“Bug‘doy narxi 0,3 foizga tushishidan oldin hodisa sababli 1,2 foizga oshdi. Endi bug‘doyning bir bushel uchun (ingliz o‘lchov tizimida ishlatiladigan hajm birligi) jahondagi narxi 6,55 dollarni tashkil etadi”, — deyiladi xabarda.

Biroq hosil ko‘pligi sharoitida bug‘doy narxi bu yil taxminan 17 foizga pastligicha qolmoqda.

“Oxirgi ikki hafta davomida kuzatilgan barcha hujumlarga qaramay, g‘alla har ikki tomondan kelishni davom etmoqda”, — deydi “Rabobank” tahlilchisi Karlos Mera.

AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya bug‘doy eksportini 2023-2024 yilgi mavsum uchun 48 million metrik tonnagacha ko‘targan. Bu jahon bug‘doy savdosining deyarli to‘rtdan biri endi Rossiyaga to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Rossiya Qora dengiz portlaridan Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga ruxsat bergan don bitimidan chiqdi

Iyul oyida Rossiya don shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. 20-iyuldan boshlab Rossiya Qora dengizda Ukraina portlariga ketayotgan barcha kemalarni potentsial harbiy yuk tashuvchisi deb hisoblashi, ular rus qo‘shinlarining qonuniy nishoniga aylanishi va bayroqlari ko‘tarilgan davlatlar konfliktda Ukraina tomonida ko‘rilishini bildirdi.

Shu hafta Ukraina Chernomorsk, Odessa va Yujniy portlariga suzib yuruvchi savdo kemalari uchun Qora dengizda vaqtinchalik koridorlarni ochdi. Shu bilan birga, Kiyev ularning xavfsizligini kafolatlay olmasligidan ogohlantirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »