Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rus harbiylari Kupyansk-Svatovo-Kremennaya liniyasida hujum operatsiyalarini amalga oshirib, oldinga siljidi. Amerika urushni o‘rganish insituti (ISW) tahlilchilari frontning qaynoq nuqtalaridagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Foto: Reuters

Tahlilchilarga ko‘ra, rus qo‘shinlari Kupyansk shimoli-sharqidagi hududda ilgarilagan. Ukraina Qurolli kuchlari Baxmut hududida hujum operatsiyalarini o‘tkazib, oldinga siljigan. 

“Qarshi tomon Baxmut hududida hujum operatsiyalarini amalga oshirgan bo‘lsa ham, hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmadi. Xuddi shu holat Avdiivka-Donetsk liniyasida ham kuzatilgan”, — deydi tahlilchilar.

Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Orexovskda frontning boshqa yo‘nalishidagi cheklangan bo‘linmalarni to‘plamoqda.

Qarshi hujum qanday kechmoqda?

ISW frontning boshqa yo‘nalishlardagi operatsiyalar muhimligicha qolayotganini ta’kidladi, chunki ular ruslarning yanada kuchayishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

“Ukrainaning frontning boshqa uchastkalarida olib borayotgan sa’y-harakatlarini tanqid qilish va barcha mavjud zaxiralarni bitta chiziqqa jamlashga chaqirish muammoli. Ukrainaning Velikaya Novoselka janubidagi hujum operatsiyalari Melitopolga qarshi operatsiyalar bilan parallel ravishda davom etayotgani, ruslar uchun ko‘plab muammolar va qaysi yo‘nalishni kuchaytirishni tanlash zarurligini keltirib chiqaradi. Dushmanning barcha zaxiralarni aniq zarbani to‘xtatishga jamlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, — deya xulosa qiladi tahlilchilar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »