Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar haqida maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo”

Qonunchilikka asosan, oxirgi ish joyidan qatʼi nazar yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlarga umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi beriladi.

Bunda, erkaklarga ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelishi talab etiladi.

Ayollarda esa ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yil-u 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelishi lozim.

Hukumatning tegishli qarorida ushbu turdagi ishlarda ishlovchi xodimlar lavozimlarining nomlari keltirib o‘tilgan.

Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yil-u 6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun umumiy belgilangan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.

Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda (erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy) ishlagan xodimlarga pensiya umumiy pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi.

Sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »