Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida kelib tushgan murojaatlar asosida “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 4 ming tonnadan ortiq sifatsiz avtobenzin saqlanayotgani aniqlandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Kuchlik neft bazasi (73,2 tonna), Navoiy neft bazasi ( 38,7 tonna), Urganch neft bazasi (2,072 ming tonna) va Buxoro neft bazalari (1,86 ming tonna) MCHJlarda saqlanayotgan avtobenzin sifati davlat standarti talablariga javob bermasligi, yaʼni avtobenzin tarkibidagi qatron (smola) va oltingugurt (sera) miqdori belgilangan meʼyordan yuqori hamda bir holatda (“Navoiy neft bazasi” MCHJ) oktan soni meʼyordan pastligi aniqlangan. Jami aniqlangan sifatsiz mahsulotlar miqdori 4,044 ming tonnani tashkil etgan.

Kuchlik (73,2 tonna) va Navoiy (38,7 tonna) neft bazalarida aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarining sifatlari “O‘zenergoinspeksiya”ning majburiy ko‘rsatmasiga asosan tegishli yo‘riqnoma asosida sifati tiklanib, kamchilik bartaraf etilib, isteʼmolchilarga sifatli tarzda yetkazib berilgan. Neft mahsulotlarining sifati bo‘yicha isteʼmolchilardan eʼtirozlar bo‘lmagan.

“Urganch neft bazasi” MCHJ va uning Shovot hamda Xonqa filiallarida (2,072 ming tonna) aniqlangan sifatsiz avtobenzinning 587,0 tonnasi “O‘zenergoinspeksiya”ning majburiy ko‘rsatmasiga asosan, o‘rnatilgan tartibda sifati tiklanib, isteʼmolchilarga yetkazib berilgan. Ushbu mahsulot bo‘yicha ham isteʼmolchilardan eʼtirozlar kelib tushmagan. Hozirgi kunda 1,485 ming tonna avtobenzinning sifatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

“Buxoro neft bazasi” MCHJ va uning Qorako‘l filialida (1,86 ming tonna) aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarining 323 tonnasini “O‘zenergoinspeksiya”ning majburiy ko‘rsatmasiga binoan, o‘rnatilgan tartibda sifati tiklanib, isteʼmolchilarga yetkazib berilgan. Hozirgi kunda 1,537 ming tonna avtobenzin sifatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, neft mahsulotlari sifati buzilishiga yo‘l qo‘ygan 4 nafar rahbar xodim va 4 nafar moddiy javobgar shaxslar faoliyatiga nisbatan huquqiy baho beriladi.

Neft mahsulotlarini sifat va miqdor jihatidan bus-butun saqlanishini taʼminlash yuzasidan barcha neft baza rahbarlari ogohlantirilgan va kelgusida neft mahsulotlarini sifat jihatidan to‘liq saqlash hamda isteʼmolchilarga sifatli tarzda yetkazib berilishini taʼminlash bo‘yicha neft bazalar tomonidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »