Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya to‘lovlari kartaga muddatidan oldin tashlab beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

O‘zbekiston mustaqilligining 32-yillik bayrami munosabati bilan 2023-yilning 1 sentabr — juma hamda 2—3-sentabr shanba va yakshanba dam olish kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu sababli respublikada keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 29—31-avgust kunlari ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Naqd pul shaklida pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘lovlar 4-sentabr kun boshidan Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.

Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lanmoqda. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »