Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish bilan bir emas, ko‘plab xususiy korxonalar shug‘ullanadi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodir Siddiqov jurnalistlar bilan muloqotda maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo”ga muxbiri.

 
Bahodir Siddiqov
 

Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

Bahodir Siddiqovning aytishicha, O‘zbekistondan boshqa davlatlarda Ai–80 benzini ishlab chiqarilmaydi.

“Boshqa davlatlarda Ai 80 benzini qolmagan. Postsovet hududida faqat bizda qoldi. Aholimiz faqat Ai 80 benzinga o‘rganib qolgan. Ishlab chiqarayotgan mahsulotimizning 80–90 foizini Ai 80 benzini tashkil qiladi. Chunki isteʼmolchilar arzon benzin so‘raydi”,—dedi kompaniya rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, benzin ishlab chiqaruvchi ko‘plab xususiy korxonalar bor va ularning ayrimlari mahsulot sifati borasida masʼuliyatsiz.

“Hozir benzinni O‘zbekistonda faqat “O‘zbekneftgaz” ishlab chiqarmaydi. Juda ham ko‘p xususiy korxonalar ochilgan. Ular xomashyoni import qilib, o‘zlarining uskunalarida mahsulot chiqaryapti. Masʼuliyatni hammamiz birga bo‘ynimizga olishimiz kerak. Hozir “O‘zenergoinspeksiya” tizimida ham o‘zgarishlar bo‘lib, tashkilotga alohida vakolatlar berildi. Bosh prokuraturada ham energetika masalalari bo‘yicha alohida yo‘nalish ochildi. Shular bilan birgalikda, sifatsiz benzin muammosiga qarshi kurashishimiz kerak. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo‘yicha talabni hammaga bir xil qo‘yish kerak. Shunda javobgarlik oshadi”,—dedi Bahodir Siddiqov.

Avvalroq “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari mamlakatdagi neft bazalarda saqlanayotgan avtobenzinlar sifatini o‘rgangani xabar qilingandi. Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning o‘tgan davrida 4 ming tonnadan ortiq sifatsiz avtobenzin aniqlangan. Neft mahsulotlari sifati buzilishiga yo‘l qo‘ygan 4 nafar rahbar xodim va 4 nafar moddiy javobgar shaxslar faoliyatiga nisbatan huquqiy baho beriladi.

Mavzuga doir
Izoh

Oibek

31.08.2023, 06:45

80 маркали бензиндан бошка 91 92 95 маркали бензинни нархи осмон булиб ётибди 80 маркали бензини хам киммат бу завод халкка хизмат килмаса нима керак

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »