Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) vakili jangchilarga boshqa ish topishni tavsiya qildi, chunki guruh endi Ukrainadagi urushda qatnasha olmaydi, bundan tashqari ular Rossiya Mudofaa vazirligi va Rosgvardiya bilan Afrika va Yaqin Sharqda jiddiy raqobatga duch kelmoqda. Bu haqda “Vajniye istorii” nashri yollanma askarlar chat guruhlariga tarqatilgan audioga tayanib yozdi. “Vagner”chilar audioning haqiqiyligini tasdiqlagan.

 
 
Foto: Reuters

Ovozli xabar yo‘llagan shaxs (uning guruhdagi maqomi noma’lum) vaziyatni “o‘ta og‘ir” deb ataydi va “Vagner” uchun “maxsus harbiy operatsiyaga kirishga ruxsat yo‘qligini” ta’kidlaydi.

“Bir necha o‘n minglab tayyorgarlikdan o‘tgan jangchilar ishga va o‘z vatanini himoya qilishga tayyor, ammo maʼlum holatlar tufayli bizni haligacha kiritishmayapti. Hozir Afrika va Yaqin Sharqda ish topish imkoniyatlarini izlashga majburmiz. U yerdagi vaziyat ham og‘ir. Mudofaa vazirligi va Rosgvardiya bilan kuchli raqobat bor, ular ham biznikiga o‘xshash tadbirlar o‘tkazib, u yerga kirishni rejalashtirmoqda va harakat qilmoqda”, — deyiladi audio xabarda.

XHK vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yevgeniy Prigojin Afrikaga so‘nggi safari chog‘ida “ushbu masalalarni hal qilgan”, endi ular “rahbariyat tomonidan yanada ko‘proq hal qilinadi”. Uning ta’kidlashicha, XHK o‘z jangchilarini ish bilan ta’minlashga harakat qildi, ammo qachon va qanday ko‘lamda ekani noma’lum.

“Shuning uchun, yo kuting yoki pul ishlashning boshqa usullarini qidiring. Xalqaro vaziyatni kuzatib boring. Agar bizning jamoamiz maxsus operatsiyaga qabul qilinsa, biz ishga qabul qilish faoliyatini faol davom ettiramiz, ish bo‘ladi”, — dedi XHK vakili.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Yevgeniy Prigojin hayotining so‘nggi kunlarini Afrika bo‘ylab safarda o‘tkazgan. 18-avgust kuni XHK rahbari Markaziy Afrika respublikasi prezidenti Fostin-Arkanje Tuadera bilan uchrashib, uni hamkorlikni davom ettirishga ishontirishga uringan — nashrning yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Tuaderaga Prigojindan uzoqlashishni maslahat bergan.

Prigojinning o‘limidan biroz oldin, Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Yunusbek Yevkurov Liviyaga bordi — mamlakatda bu tashrif endi hamkorlik armiya darajasida olib borilishiga ishora sifatida qabul qilindi. Jurnalist Andrey Zaxarovning ta’kidlashicha, Prigojindan Suriyadan ham “chiqish” so‘ralgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »