Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” jangchilari va Pokiston chegarachilari o‘rtasida “Torxam chegara o‘tkazish punktida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: APA

Aholining so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” kuchlari Torxamda nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatmoqchi bo‘lganida Pokiston harbiylari qarshilik qilgan. Oqibatda tomonlar to‘qnashgan. Guvohlar hududda o‘q ovozlarini eshitgan.

“Tolibon” Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Torxamdagi chegarada yuz bergan to‘qnashuvni tasdiqlagan. U mojaro Pokiston kuchlari o‘qqa tutganidan keyin boshlanganini  aytmoqda. Rasman Pokiston hozircha bu haqda hech qanday ma’lumot bermagan. 

Ta’kidlanishicha, “Tolibon”ning ikki jangchisi halok bo‘lgan va bir nafar pokistonlik askar yaralangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »