Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

6-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga havo va quruqlikdan raketalar, shuningdek, kamikadze dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining Harbiy-havo kuchlari xabar berdi.

Jami 33 ta havo nishoni qayd etilgan, ulardan 23 tasi yo‘q qilingan. Ukraina Qurolli kuchlari maʼlumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiyaning yettita X-101/X-555/X-55 tipidagi havodan uchiriladigan raketalarini, bitta “Iskander-M” ballistik raketasini va 15 ta Shahed kamikadze dronlarini urib tushirgan.

Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Sergey Popkoning aytishicha, Kiyev aralash hujumga uchragan, unda turli sinfdagi raketalar, jumladan, X-101/X-555/X-55 ishlatilgan. Popkon barcha raketalar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilinganini ta’kidladi.

Kiyev viloyatida raketa parchalarining qulashi oqibatida savdo korxonasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Ukraina FVV
Foto: Ukraina FVV
Foto: Ukraina FVV

Shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatining Izmoil tumaniga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Kiper. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumda qishloq xo‘jaligi korxonalaridan birining xodimi halok bo‘lgan. Kiper shuningdek, bir qancha aholi punktlarida vayronagarchilik va yong‘inlar qayd etilganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »