Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oltin boshqa metallar singari giperinflyatsiya va moliyaviy bozorlardagi global tartibsizlik davrida ham nol darajada qadrsizlanmaydi. Shu ma’noda u haqiqatan ham qimmatli qog‘ozlar va valyutaga qaraganda ishonchliroqdir.

Odatda aksiya va boshqa ko‘plab aktivlar arzonlashgan iqtisodiy pasayish davrida, oltin va kumushga talab va narxlar oshadi. Masalan, 2020-yilda, koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan vaqtda Rossiyada oltin narxi 3000 rubldan 4900 rublga (31 dollardan 60 dollargacha), kumush esa 35 dan 68 rublga (0,36 dollardan salkam 1 dollargacha) ko‘tarildi. Aksincha karantin choralari tufayli ko‘plab korxonalar zarar ko‘rgani uchun aksiya va obligatsiyalar qiymatini yo‘qotdi.

Agar investitsiya portfelingizga qimmatbaho metallarni kiritsangiz, u fond bozoridagi beqarorlik davrida katta yo‘qotishlardan himoya qiluvchi sug‘urtaga aylanadi.

Biroq, boshqa tomondan, oltin va boshqa metallarning narxlari juda o‘zgaruvchan. Agar qisqa muddatga sarmoya kiritishga qaror qilsangiz, bunday investitsiya foydali bo‘lishiga kafolat yo‘q.

Shuning uchun qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish odatda uzoq muddatli (10-20 yil) sarmoya sifatida tavsiya etiladi. Uzoq muddatda ularning qiymatining o‘sishi ko‘pincha inflyatsiyadan o‘zib ketadi. Ammo xuddi shu davrda boshqa aktivlar ko‘proq pul olib kelishi mumkin.

Barcha pullaringizni faqat oltinga investitsiya qilishdan foyda yo‘q — yo‘qotishga uchrashingiz mumkin. Xuddi shunday, boshqa aktivlarga ham yopishib olmaslik kerak. Investitsion portfelingizga har xil turdagi instrumentlarni kiritish mantiqiyroq —investitsiyalarni diversifikatsiya qilish katta yo‘qotishlar xavfini kamaytiradi.

Aktivlarni tanlash qancha muddatga investitsiya qilish, qanchalik tavakkalga moyilligingiz va fond bozorini tahlil qilish uchun ko‘p vaqt sarflashga tayyorligingizga bog‘liq. 

Oltin dollar va yevroga muqobil bo’la oladimi?

Barchasi sizning maqsadlaringizga bog‘liq. Sayohat qilish va xorijda tovarlarga to‘lov uchun qimmatbaho metallar mos kelmaydi. Oltinga investitsiyalar qisman chet el valyutasi o‘rnini egallashi mumkin. 

Banklar mijozlarga oltin quymalari, quyma tangalar va metall hisoblarni taklif qilganda, ular qimmatbaho metallarning chegirmali narxlariga tayanadi. Qimmatbaho metallar narxiga boshqa omillar, masalan, ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishi ham ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olish zarur. Shuning uchun ular valyutaning to‘liq o‘rnini bosa olmaydi.

Investitsiya uchun faqat oltin mosmi yoki boshqa qimmatbaho metallar hammi?

Oltinga qo‘shimcha ravishda siz kumush, platina yoki palladiyga sarmoya kiritishingiz mumkin. Qimmatbaho metallni tanlashda quyidagi parametrlarga e’tibor berish kerak:

Narx

Agar sarmoyangiz kam bo‘lsa, oltin quyma yoki tanga sotib olish o‘rniga, pulni arzonroq metallga yo‘naltiring. Oltin quymalarini sotib olayotganda, ular standart o‘lchamlarda bo‘lishini ham hisobga olish kerak. Misol uchun, eng kichik kumush quyma og‘irligi 50 grammni tashkil qiladi, ammo u 1 grammlik oltin quymadan arzonga tushishi mumkin.

Narxlarning o‘zgarishi

Agar qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘ynashni istasangiz, narxi ko‘proq o‘zgarib turadigan metallni tanlashingiz mumkin. Masalan, kumushning narxi oltinga qaraganda tez-tez va katta amplituda bilan o‘zgaradi. Bu qisqa vaqtda ham ko‘proq pul topishingiz, ham yo‘qotishingizni bildiradi.

Ammo boshlang‘ich investorlar uchun metall qiymatini o‘zgarishini prognoz qilish qiyin, shu sababdan ularga uzoq muddatli investitsiyalar mos keladi.

Valyutalarda bo‘lgani kabi, qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish har bir bank va birjaga qarab farq qiladi. Eng yaxshi takliflarni solishtirishga erinmang.

Qimmatbaho metallarga qanday sarmoya kiritish kerak?

Bir nechta investitsiya variantlari mavjud. Ularning har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega.

Quyma sotib olish

Afzalliklari:

— Agar jamg‘armangizni real qiymatda saqlamoqchi bo‘lsangiz, oltin va kumush bunga mos keladi;

— Faqat metallning o‘zi uchun to‘laysiz, uni qayta ishlab chiqarilgani uchun emas;

— Quymalar turli o‘lchamlarda, hatto og‘irligi 1 gramm bo‘ladi. Qimmatbaho metall sotib olish uchun millioner bo‘lish shart emas.

Kamchiliklar:

— Haqiqiy quymani metallga qaraganda, masalan, birjada sotib olish va sotish qiyinroq;

— Oltin quymalarni qayerdadir saqlash kerak;

— Agar oltinni bankka sotishga qaror qilsangiz, u tekshiruvdan o‘tkazib, metallning holatini baholaydi. Agar tirnalgan yoki boshqa zarar aniqlansa, narx pasayadi. Zarurat tug‘ilganda oltinni lombardga olib borish mumkin.

Qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar xaridi

Quyma tangalarning narxi u ishlab chiqarilgan metallning qiymatiga bog‘liq. Afzalliklari:

— Kumush va oltin tangalar uchun narxlar doirasi juda keng. Har qanday budjet uchun mos variant mavjud;

— Tangalar yaxshi sovg‘a bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ular ixchamdir — hatto uyda ham joy topish oson. Biroq bunday saqlashning xavfsizligi haqida o‘ylash kerak.

Kamchiliklar:

Tangalarni juda ehtiyotkorlik bilan saqlash kerak. Har qanday tirnalish yoki boshqa kamchiliklar ularning narxini sezilarli darajada pasaytiradi. Shuningdek, qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalariga sarmoya kiritish mumkin, ular kollektorlar orasida talabga ega. Ba’zan ularning narxi metallning narxidan tezroq ko‘tariladi, ammo foydani oldindan aytish qiyin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »