Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

21-sentabr kuni erta tongda rus qo‘shinlari Ukrainaing Cherkassi, ​​Xarkov, Roven va Kiyev viloyatlari, shuningdek, Kiyev shahriga raketa zarbalarini berdi.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenkoning ma’lum qilishicha, Cherkassida raketa hujumi oqibatida mehmonxona binosi vayron bo‘ldi, bozordagi savdo rastalari yonib ketdi. 7 kishi jabrlandi, bir kishi vayronalar ostidan qutqarildi.

Cherkassi
Foto: Telegram
Cherkassi
Foto: Telegram
  1. Xarkovning o‘qqa tutilishi oqibatida fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rdi. Xarkov viloyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari viloyat ma’muriy markaziga jami oltita zarba bergan. Ukraina Ichki ishlar vazirligi vayron bo‘lgan omborxona va ikki nafar qurbon haqida ma’lum qildi.
  2. Roven viloyati rahbari Vitaliy Koval hududga raketalar “uchib kelayotgani” haqida yozib, batafsil ma’lumotni keyinroq aytishga va’da berdi.
  3. Lvov viloyatida raketa zarbasi tufayli Drogobichdagi sanoat korxonalaridan birining ustaxonasi yonib ketdi va omborxona vayron bo‘ldi, dedi viloyat rahbari Maksim Kozitskiy. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
  4. Kiyev viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida urib tushirilgan raketa bo‘laklari qulab, korxonalar hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV. Xususiy uy-joy sektorida ham vayron bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan.

Kiyev shahrida raketa bo‘laklarining qulashidan Darnitskiy, Solomenskiy, Shevchenkovskiy tumanlarida obyektlar shikastlandi. Svyatoshinskiy tumanida snaryadlar tufayli elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi, ular zudlik bilan bartaraf etildi. Yetti kishi, jumladan, 9 yoshli qiz yaralandi, dedi shahar meri Vitaliy Klichko.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »