Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anneksiya qilingan Qrimdagi Sevastopol shahri meri Mixail Razvojayev Ukraina armiyasi Rossiyaning Qora dengiz floti qarorgohiga raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

“Raketa parchasi Lunacharskiy teatri yaqiniga ham tushgan. Topganlardan unga yaqinlashmaslikni va 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘raymiz. Voqea joyiga barcha tez yordam xizmatlari yetib kelgan. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda”, — dedi u.
Foto: Telegram

Razvojayev Sevastopol aholisini xotirjamlikni saqlashga, zarba oqibatlari aks etgan fotosuratlar va videolarni chop etmaslikka chaqirdi.

“Qrim shamoli” Telegram kanali xabariga ko‘ra, flot bosh qarorgohi binosiga o‘nta tez yordam mashinasi yetib kelgan.

Razvojayevning bayonotidan oldin Sevastopol aholisi havo hujumidan mudofaa tovushlari eshitilganini aytishdi, deb yozmoqda “Diqqat, Yangiliklar” Telegram kanali.

Foto: Telegram

Ayni paytda Sevastopolda havo trevogasi yangramoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »