Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh prokuratura matbuot xizmati Namangan viloyatida bolalar zaharlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Asilbek Abduvaliyev

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  Ushbu jinoyat ishi Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan. Ayni paytda tergov olib borilmoqda.

21-sentabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanidagi bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalarning ommaviy zaharlanishi kuzatilgandi. Keyinchalik tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari haqida shikoyat qiluvchilar soni ortib bordi.

23-sentabr kuni berilgan ma’lumotga ko‘ra, Namanganda oxirgi ikki kun mobaynida bolalarning kasallanish holati bilan bog‘liq 450 ta murojaat kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi — 306 tasi Chust tumaniga to‘g‘ri kelmoqda. Respublika ishchi guruhi rahbarining “Daryo”ga bildirishicha, bolalarning 143 nafari tuzalgan, qolganlari esa muntazam qarov ostida. Holati og‘ir yoki jonlantirish bo‘limiga yotqizilganlar yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparatidan kelib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova tarqalayotgan turli xabarlarga ishonavermaslik, bunday jarayonda faqatgina mutaxassislarning fikriga tayanib, axborot tarqatilishi kerakligini aytdi.

Shuningdek, bolalarda kuzatilgan noxush holat dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emasligini alohida taʼkidlab, hozirda 20 ga yaqin analiz xulosalari olingani va chuqurlashtirilgan tahlillardan so‘ng vaziyatga aniqlik kiritishini bildirdi.

Shunga qaramay, Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’molini to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »