Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 28-sentyabr kuni Toshkent shahrida AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning “Markaziy Osiyo savdosi” dasturi doirasida “Savdo olami” mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida xalqaro savdo rivojlantirishdagi so‘nggi tendensiyalar va jahon savdosi barqarorligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Anjumanda ishtirok etgan Jahon savdo instituti professori Piter Van Den Bosh O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish yo‘lidagi qadamlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning iqtisodiy jihatlarini muhokama qilish doim qiyin kechgan. Boisi bunga hamma davlat ham jur’at qilolmaydi. Aʼzolikni maqsad qilganlarda esa avvalo mahalliy, keyin esa tashkilot aʼzolari bilan raqobatlashish borasida muammolar bo‘ladi — O‘zbekistonda ham shunday.

Men o‘z tajribamdan kelib chiqib aytolamanki, bu yo‘lda siyosiy ko‘mak eng keraklisi bo‘ladi”, — dedi professor Piter Van Den Bosh

Mintaqaviy konferensiya uch yo‘nalishda ish olib bordi:

  • pandemiyadan keyingi davrda JST va savdo tendensiyalari;
  • hukumatga qo‘shilishning keyingi davri va uning muammolari;
  • oziq-ovqat sohasidagi xavflik qoidalarini amalga oshirishdagi muammolari yaʼni qishloq xo‘jaligidagi oziq-ovqat xavfsizligini xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish, oziq-ovqatdagi xavfsizlikni taʼminlash, shu bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirishdagi zarur choralarni ko‘rish.

Birinchi yo‘nalishda hozirgi paytdagi savdo tendensiyalari, yetkazib berish bilan bog‘liq to‘siqlar va uning geosiyosat va savdoga to‘g‘ridan to‘g‘ri taʼsiri haqda so‘z bordi. Shuningdek, savdo va atrof-muhit muammolarining bog‘liqligi hamda raqamli savdoga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganligi muhokama qilindi.

Ikkinchi yo‘nalishda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar JSTga aʼzo bo‘lish tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar. Aʼzolik bilan bog‘liq muhim muzokaralarni yakunlash, shuningdek, tashkilotga aʼzolikning asosiy afzalliklari va muhim masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchinchi yo‘nalish ishida esa oziq-ovqat masalalari muhokama qilindi. Unda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida xavfsizlik choralarini taʼminlash, innovatsiyalar va xalqaro standartlarni qo‘llash orqali xavfsiz oziq-ovqat savdosini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, sanitariya va fitosanitariyada xalqaro tashkilotlar tajribasini qo‘llashga doir masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Avvalaroq 19-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »