Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yil 11-sentyabrgacha Litvaga kelgan Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan davlat raqamlariga ega avtomobillar ushbu mamlakatni va butun Yevropa Ittifoqi hududini kirgan kunidan boshlab olti oy ichida tark etishi kerak. Bunday bayonot Litva bojxonasi tomonidan e’lon qilindi.

Foto: AP Photo

11-sentyabrdan boshlab Litva bojxona organlari Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq cheklovlar asosida Rossiya davlat raqamlariga ega avtotransport vositalarini mamlakatga kiritmayapti. Yevropa komissiyasi avvalroq tushuntirganidek, bu cheklovlar Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarni hatto vaqtinchalik foydalanish uchun olib kirishga ham taalluqli.

Kaliningradga tranzit uchun istisno

“Taqiq ushbu transport vositalariga, ularning egasi yoki haydovchisining fuqaroligidan qat’i nazar, amal qiladi”, — deb ta’kidlandi Litva bojxonasi saytida.

Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan hamda Rossiya fuqarolari Litva hududi orqali Kaliningrad viloyatiga o‘tib olishda foydalanadigan avtomobillar uchun bu qoida istisno qilinadi. Ular FTD tranzit hujjatini taqdim etishi kerak.

Litva bojxonasi, shuningdek, “Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yoki Rossiyada ishlab chiqarilgan” transport vositalarini sotib olish yoki olib kirish bo‘yicha ogohlantirish berdi. Qonunni buzish jarimaga va/yoki transport vositasi musodara qilinishiga olib kelishi mumkin. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »