Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i prokuror topshirig‘i bilan dam olish kuni paxta dalasiga yuborilib, qaytishda YTHga uchragani aytilmoqda. Ayni paytda mas’ul shifoxonada, og‘ir ahvolda qolmoqda

Foto: Sharifa Murod

“Daryo” mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov bilan bog‘landi. 

Vazirlik vakili YTH haqidagi xabar va xodimning shifoxonada ekanini tasdiqladi. 

Foto: Sharifa Murod
Dam olish kuni ish bilan ko‘chaga chiqqanmi yoki boshqa sababmi, bunisi hozircha bizga qorong‘i. Bu ma’lumot o‘rganilmoqda. Tez orada aniqlangan holat bo‘yicha ma’lumot beramiz, — dedi vazirlik axborot xizmati rahbari. 

Facebook foydalanuvchisi, jurnalist Sharifa Murodning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, Uchko‘prik tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i majburiy mehnat qurboni bo‘lishi mumkin.

Foto: Sharifa Murod
Yakshanba, 1-oktyabr dam olish kuni Farg‘ona viloyatidan paxta masalasida Uchko‘prikka biriktirilgan prokurorning topshirig‘i bilan u Mehnatobod hududiga paxtaga chiqqan odamlar haqida ma’lumot yiqqani borgan bo‘lgan. Qaytishda avariyaga uchragan. Ayni paytda shifoxonada ahvoli og‘ir. Uning qandli diabet kasalligi bo‘lgani uchun operatsiya ham qilisholmayotgan ekan, — deydi jurnalist.

“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda joylashgan 300 dan ortiq korxona va tashkilotlardan iborat Cotton Campaign koalitsiyasi 2009-yilda o‘zbek paxtasini boykot qilish tashabbusi bilan chiqqandi. Koalitsiya o‘sha vaqtda O‘zbekiston hukumati “1 milliondan ortiq bolalar va kattalarni, jumladan, tibbiyot xodimlari, budjet xodimlari va talabalarni har yili terim mavsumida paxta terimiga majburlagani”ni aytgan edi

Cotton Campaign hamkori bo‘lgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston forumi 2021-yilda aholi paxta yig‘im-terimi davrida hukumat tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinmagani haqida e’lon qilganidan so‘ng, boykot yakunlandi. 2022-yilning mart oyida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »