Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya politsiyasi va bojxona xodimlari Myunxen va Tegernzee shaharlarida Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli Yevropa sanksiyalari ostiga tushgan rossiyalikning bir qancha mulklarni tintuv qildi. Bu haqda Reuters o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Germaniya bojxona organlari tomonidan sanksiyalar bo‘yicha tuzilgan “Matryoshka” maxsus komissiyasi tintuvlar sud qarori asosida o‘tkazilganini maʼlum qildi. Germaniya rasmiylari rossiyalikning ismini oshkor qilmadi.

Reuters manbasiga ko‘ra, gap milliarder Alisher Usmonov haqida ketmoqda. Germaniyaning Bild nashri politsiya Usmonovning Bavariyadagi Rottax-Egern shahrida, Tegernzee ko‘li qirg‘og‘idagi villasiga reyd uyushtirganini da’vo qilmoqda. Uydan qimmatbaho buyumlar, jumladan, Mercedes Maybach S500 kabi hashamatli avtomobillar olib ketilgan.

“Germaniya huquq-tartibot idoralarining Alisher Usmonovga nisbatan xatti-harakatlari katta hayrat va sharmandalik hissini uyg‘otadi”, — deyiladi tadbirkorning matbuot xizmati xabarida. Usmonovning vakillari tintuvlar milliarderga tegishli obyektlarda o‘tkazilganini inkor etmoqda. Usmonov o‘zi qachondir asos solgan trast aktivlari ustidan nazorat qilish huquqiga ega emas va “trastga tegishli mol-mulkka hozir nima bo‘layotganini bila olmaydi”, dedi matbuot xizmati.

“O‘tkazilgan tintuv qo‘rqitish va siyosiy ta’qibning navbatdagi epizodiga o‘xshaydi”, — deb qo‘shimcha qildi Usmonov matbuot xizmati. Shuningdek, ular nemis bojxona maxsus komissiyasining “Matryoshka” deb nomlanishida tadbirkorning “millatiga ishora” borligini ko‘rishgan.

2022-yil sentyabr oyida Germaniya huquq-tartibot idoralari Alisher Usmonovga aloqador 24 ta obyektda tintuv o‘tkazgan. Xususan, ular Tegernzee bo‘yidagi villada va “Dilbar” yaxtasida o‘tkazilgan. Tintuvlar davomida tergovchilar umumiy qiymati besh million yevroga teng hujjatlar va 30 ta kartinani musodara qilishdi. Keyinroq Germaniya sudi tintuvlarni noqonuniy deb topdi, Usmonov esa “Dilbar” yaxtasida olib borilgan tergov harakatlari tufayli sudga murojaat qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »