Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib 300 ming so‘mgacha oshdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyin kamida 1 yillik ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda ish staji va ish haqilarini inobatga olgan holda har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqilmoqda.

Natijada 2023-yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, o‘rtacha 300 ming so‘mgacha oshgan.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yiliga qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 275 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov shu yilning mart oyidagi matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi uchun 14,5 trillion so‘m tashqi qarz jalb qilinishini maʼlum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »