Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining shahar hokimligi balansiga o‘tkazish borasida bir nechta boshqarmalar, jumladan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishilgani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik mazkur xabarlarga izoh berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, prezidentning 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Akademik F.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, ilmiy salohiyatini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, hududlarda ularning tajribasini qo‘llash va filiallarini tashkil etish” bo‘yicha qaror loyihasini kiritgan. 

Loyihada Botanika bog‘ining mavjud o‘simlik turlari tarkibini boyitish, sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi hamda chet el floralariga mansub introdutsent o‘simliklar turlarini ko‘paytirish, mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli sohalarda foydalanish uchun tajriba hamda realizatsiya qilish ko‘chatxonalarini tashkil etish, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, noyob va yo‘qolib borayotgan O‘zbekiston florasi turlarini saqlash va tabiiy sharoitga reintroduksiya qilish, mahalliy va iqlimlashtirilgan dorivor o‘simliklar genofondini saqlash va boyitib borish ko‘zda tutilgan.

Toshkent botanika bog‘iga fundamental va amaliy tadqiqotlarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 1943-yilda asos solingan. Umumiy maydoni 66 gektardan iborat bo‘lgan bog‘da turli mintaqalardan jamlangan 2400 dan ortiq o‘simlik turlari va navlari o‘stirilmoqda. Mavjud ilmiy kolleksiyalarning salmog‘iga ko‘ra Markaziy Osiyoda yetakchilik qiladi. 

Botanika bog‘i 118 ta davlatdagi 800 ta botanika bog‘lari bilan ish olib boruvchi hamda o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta‘minlovchi dunyodagi eng nufuzli Xalqaro botanika bog‘larini himoya qilish (BGCI, London) tashkilotiga a’zodir. Botanika bog‘i bioxilma-xillikni saqlash, ekologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, manzarali, qimmatbaho, dorivor o‘simliklar, daraxt va butalarni introduksiyalash va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib boruvchi yetakchi ilmiy akademik tashkilot hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »