Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Mudofaa armiyasi 13-oktyabr kuni G‘azo sektoriga amalga oshirilgan zarbalar oqibatida HAMAS havo kuchlari rahbari Merad Abu Merad o‘ldirilganini bildirmoqda.

Foto: The Times of Israil

Qayd etilishicha, HAMASning yuqori martabali amaldori Isroil armiyasi qiruvchi samolyotlarining G‘azodagi tezkor shtabga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Mazkur shtabda HAMAS o‘zining havo faoliyatini boshqarib kelgan.

Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Merad Abu Merad “shanba kungi qirg‘inda terrorchilarni boshqarishga mas’ul bo‘lgan”.

Isroil Mudofaa armiyasining qo‘shimcha qilishicha, G‘azo sektoriga 14-oktyabr kechasi amalga oshirilgan “keng ko‘lamchi zarbalar” oqibatida HAMASning “Nuxba” maxsus kuchlarini o‘nlab jangchilari o‘ldirilgan.

13-oktyabr kuni ertalab Isroil mudofaa kuchlari G‘azo fuqarolariga shahar shimolini tark etishni buyurgani haqida xabar berilgandi. BMT ushbu buyruqni bekor qilishga chaqirib, gap bir milliondan ortiq odamni ko‘chirish haqida ketayotganini ta’kidladi. Avvalroq HAMAS guruhi bilan muzokaralar faqat Isroil G‘azodagi operatsiyadan ko‘zlangan maqsadlariga erishgandan keyingina mumkin bo‘lishi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »