Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qizil dengizda AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining “Karni” esminetsi Yamandan uchirilgan uchta raketa va bir nechta dronlarni tutib oldi. Bu haqda CNN Pentagon matbuot kotibi Pet Rayder bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Foto: US Navy
“Bu bizning Yaqin Sharqda qurgan hamda agar kerak bo‘lsa, mintaqadagi sheriklarimiz va manfaatlarimizni himoya qilish uchun foydalanishga tayyor bo‘lgan havo hujumi va raketaga qarshi mudofaa vositalarimizning namoyishi bo‘ldi”, — dedi harbiy amaldor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik harbiylar orasida qurbonlar yo‘q, tinch aholi vakillari ham jabrlanmagan.

“Biz bu dron va raketalar nimaga mo‘ljallanganini aniq aytolmaymiz, lekin ular Yamandan uchirilgan va Qizil dengiz bo‘ylab shimolga, potensial Isroildagi nishonlarga yo‘l olgan”, — deya Rayderning so‘zlarini keltiradi CBS News telekanali.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar va dronlar Yaman qirg‘oqlari yaqinida esminet tomonidan yo‘q qilingan. Telekanal manbalaridan biri raketalarni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar otganini aytdi.

18-oktyabr kuni “Karne” Suvaysh kanali orqali Qizil dengizga o‘tgandi. AQSH harbiy-dengiz kuchlari kema “Yaqin Sharqda dengiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga yordam berishini” aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »