Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida 20-oktyabrdan Ai-100 benzini sotuvi boshlandi. Bu haqda AYQSH tarmog‘i matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu benzin import qilinadi. Bir litrining narxi — 15 800 so‘m. Taqqoslash uchun, Ai-92 narxi 10 200 so‘m bo‘lsa, Ai-80 narxi — 6050 so‘m.

Ai-100 hozircha faqat poytaxtdagi sakkizta yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilmoqda: Parkent bozori, Aloqa, Chinobod, General Uzoqov, Bodomzor, Qorasuv, Ahmad Donish, Cho‘pon-ota.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” matbuot kotibi 1-noyabrdan Ai-80 benzini narxi oshishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini jamiyatga tegishli AYQSHlarda narxlar eski belgilangan tartibda amalga oshirilishini maʼlum qilgandi. Kuni kecha esa O‘zbekiston benzin bozorida tanqislik va ajiotajni oldini olish bo‘yicha tezkor zarur choralar ko‘rilishi aytilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »