Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning fuqarolar uchun tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabulida bo‘lgan 35 yoshli Hilola Botirova ikkinchi guruh nogironligi bo‘lishiga qaramasdan, o‘zini sog‘lom odamlardan kam hisoblamasligini, tadbirkorligini davom ettirayotganiga 7 yil bo‘lganini aytib, “buning uchun sizga rahmat aytgani keldim”, dedi. Bu haqda viloyat hokimining O‘rta Chirchiq tumanida tashkil etilgan sayyor qabulida so‘z bordi.

Toshkent viloyatidagi tumanlarning birida istiqomat qiluvchi 35 yoshli Hilola Botirova ikkinchi guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan, bundan 7 yil avval tadbirkorlik qilishni boshlagan

Foto: “Daryo”
Ish faoliyatimni boshlaganimga yetti yil bo‘ldi, hokim buva, barcha kreditlarimni o‘z vaqtida to‘layapman. Banklar ham, hamma meni hurmat qiladi. Yaqinda yana kredit olib, konteyner do‘kon qilib, savdo yaxshi bo‘lsin deb, katta yo‘l yoqasida ham savdo qilyapmiz. Endi novvoyxona ham ochmoqchiman, — dedi hokim qabulida bo‘lgan qiz.

Zoir Mirzayev Hilola Botirova bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida to‘lab kelayotganini bilishini ma’lum qildi. 

Hilola Botirova.
Foto: “Daryo”
Sizning qabulingizga kelganlarning barchasi muammolari bilan keladi. Menda esa muammo yo‘q, men bilan faxrlansangiz bo‘ladi, — dedi qabulda so‘z olgan Hilola.

Hilola Botirova do‘konidan tashqari novvoyxona qurish niyati borligini, kredit olib puli ham tayyor turganini aytib, “ ‘Tumangaz’dan hisoblagich va novvoyxona uchun tandir olishda yordam bersangiz”, dedi.

Qabulida bo‘lgan qizni tinglagan viloyat rahbari unga yordam berilishini, qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »