Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatidagi zapravkada siqilgan gazni qimmat narxda sotgan AGQSH faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Qayd etilishicha, 20-oktyabr kuni Jalaquduq tumanidagi “Mezon avto oyl” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida 1 metr kub siqilgan gazni 3600 so‘mdan sotilayotgani iste’molchilar tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zenergoinspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-sonli qarori talablari yuzasidan ogohlantirish berilishiga qaramasdan, mazkur shoxobcha 1 metr kub siqilgan gazni 3600 so‘mdan sotilayotgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi hamda mazkur shoxobcha gaz tarmog‘idan ajratilib, uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Sentyabr o‘rtalarida O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslarining yangi tariflari tasdiqlangan edi. Qaror bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda bir kub metr uchun 3250 so‘mdan oshib ketmasligi belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »