Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya hukumati bomba tahdidi haqidagi xabarlar keskin ortib borayotgani munosabati bilan aeroportlar va vokzallarda xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqchi. Parij aeroportlarida xavfsizlik uchun mas’ul patrullar soni 40 foizga, SNCF milliy temiryo‘l kompaniyasida esa 20 foizga ko‘paytiriladi, deb xabar berdi Fransiya transport vaziri Kleman Bon France Inter radiosi efirida.

Foto: ERR

Bombalar haqidagi yolg‘on xabarlar “mayda hazil emas, balki og‘ir jinoyatlar” bo‘lib, ular tekshiriladi, dedi Bon.

“Mamlakatimiz va Yevropa transport tarmoqlari tarixida ko‘p sonli qurbonlar kuzatilgan hujumlar sodir bo‘lgan”, — deya qo‘shimcha qildi vazir-delegat. 

Fransiya ikki haftadan beri hujumlarga “favqulodda tayyor” holatda 

Fransiya shimoldagi Arras shahrida 20 yoshli chechenistonlik maktabga bostirib kirib, o‘qituvchini pichoqlab o‘ldirganidan so‘ng, 13-oktyabrdan beri ehtimoliy hujumlar uchun “favqulodda tayyor” holatda. Keyinchalik mamlakatni transport tarmog‘i obyektlari, maktablar va madaniyat markazlarida bombalar haqidagi yolg‘on xabarlar to‘lqini qamrab oldi.

“Qo‘rquv bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radigan odamlar bor”, — deb tushuntirdi Bon, bomba tahdidlari to‘lqiniga ishora qilib. 

Shu tariqa, 22-oktyabr kuni Parij yaqinidagi Versal saroyida mehmonlar so‘nggi sakkiz kun ichida yettinchi marta “xavfsizlik sababli” evakuatsiya qilindi. Versal tekshiruvdan ikki soat o‘tgach qayta ochildi. Avvalroq Parijdagi Luvr ham xuddi shunday sabablarga ko‘ra bomba borligi haqidagi xabarni olgach, 3 ming tashrif buyuruvchini evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgandi. 

Kleman Bonning so‘zlariga ko‘ra, 11-oktyabrdan beri Fransiya aeroportlarida 70 ta yolg‘on bomba haqida ogohlantirishlar bo‘lgan, ularning deyarli barchasi Shveysariyadagi bir elektron pochta manzilidan yuborilgan. Bunday harakat uchun Fransiya qonunchiligida ikki yillik qamoq jazosi va 30 ming yevro miqdorida jarima nazarda tutilgan. Agar ogohlantirish tahdidni o‘z ichiga olsa, muddat uch yilgacha, jarima esa 45 minggacha oshirilishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »