Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va Misr o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, G‘azo sektoriga gumanitar yuk yuklangan yana ikki karvon yetib keldi.

Foto: Getty Images

ABC News xabariga ko‘ra, Misrdan G‘azo sektoriga gumanitar yordam ortilgan 15 ta yuk mashinasi o‘tkazilgan. Bu haqda Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lum qilgan. Qamaldagi G‘azoga suv, oziq-ovqat va tibbiy vositalar yetkazilgan.

Bundan tashqari, bir necha soat avval yana 17 ta yuk mashinasi Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegara nazorat punktidan o‘tdi, deb yozmoqda ABC News Misr xavfsizlik kuchlaridagi manbaga tayanib.

“Misr Isroil bilan kelishuvga ko‘ra, G‘azoga gumanitar yordam jo‘nata oladi. Isroil bu yuklar G‘azo sektoriga kirgunga qadar ularni Isroilning eng yaqin nazorat-o‘tkazish punktida tekshirish huquqini o‘zida saqlab qolgan”, — deb ta’kidladi ABC News.

Misrdan insonparvarlik yordami yuklangan dastlabki 20 ta yuk mashinasi 21-oktyabr kuni G‘azo sektoriga olib o‘tilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »