Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi xonadonda gaz taʼminoti filialiga qarashli 261 dona maishiy gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 24-oktyabr kuni vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari bilan Samarqand viloyatida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Samarqand tumani, “Dashtisuxta” mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. xonadonida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filialiga qarashli bo‘lgan, aholi xonadoniga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 261 dona maishiy gaz balloni noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotgani aniqlangan.

Mazkur qoidabuzarlik holati bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »