Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulan Japarov uy qamog‘iga olindi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: 24.kg

Ichki ishlar vazirligi tergovchisi Ulan Japarovga nisbatan 26-noyabrga qadar ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘ragan. Bungacha prezidentning jiyani 21-sonli axloq tuzatish muassasasida saqlanayotgandi.

Sadir Japarovning qarindoshi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov xizmati tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ma’lumotni Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Dayirbek Orunbekov ham tasdiqlagandi.

“Sadir Japarov avvalroq tanish-bilish va qarindosh-urug‘ligidan qat’i nazar, har kim o‘z qilmishi uchun qonun bo‘yicha javob berishi haqida ogohlantirgandi”, — degan Orunbekov.

Qirg‘iziston prezidentining qarindoshi hibsga olinishiga izohi

Sadir Japarov jiyani hibsdaligiga munosabat bildirar ekan, “hammaga birdek munosabatda bo‘lish kerak”, deb ta’kidlagan. Agar biror kishi korrupsiyaga aloqador bo‘lsa, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, qamoqqa olinishi kerakligini aytgan.

“Davlatga ikki barobar zararni qoplaganingdan keyingina ozod etilasan. To‘lamasang, ketolmaysan. U mening ukam, deb jinoyatchining qo‘lga olinishiga yo‘l qo‘ymasam, boshqa aka-ukalar ham aralasha boshlaydi. Qirg‘izlarda yaxshi ibora bor: Birning jazosi mingga saboq. Bu mening izohim”, — degan Japarov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »