Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi uyushgan jinoiy guruh aʼzolari Qamchi Ko‘lboyev tomonidan mamlakatning sobiq bosh vaziri Sapar Isoqovga sovg‘a qilingan zirhli mashina musodara qilingani haqida xabar berdi, deb yozmoqda “24.kg”.

Sapar Isoqov va Murat Ramonov
Kollaj: “Fergana”

MXDQ xabariga ko‘ra, Ko‘lboyev va unga aloqador shaxslarning noqonuniy orttirilgan mol-mulkini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Ramonov M.T. hibsga olingan. Gap taniqli sportchi Qirg‘izistonning 12 karra chempioni, yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati sovrindori, 2016-yilgi Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Murat Ramonov haqida ketmoqda.

Aniqlanishicha, Ramonov Ko‘lboyevning jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mol-mulkini o‘z nomiga rasmiylashtirib, so‘ng ularni alohida siyosatchilarga o‘tkazib bergan. Ular orasida 2017-yilning avgustidan 2018-yilning apreligacha Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimida ishlagan Sapar Isakov ham bor. 2018-yilning may oyida Isaqov korrupsiyada ayblangan, 2019-yil dekabrida u 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq 2020-yil oktyabr oyida ozodlikka chiqarilgan.

“2020-yil oktyabr oyida Ramonov ozodlikka chiqqan Qirg‘iziston Respublikasining sobiq bosh vaziri Isakovga 2015-yilda ishlab chiqarilgan zirhli Mercedes-Benz S600 rusumli avtomashinani topshirgan. 2020-yil 5-oktyabr kuni Isoqov maʼlum siyosatchilar bilan birgalikda ushbu avtomobildan markaziy Ala-Too maydonida ommaviy tartibsizliklar uyushtirish maqsadida foydalangan”, — deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.

Zirhli mashinaning narxi 600 ming dollarga baholanmoqda.

49 yoshli Qamchibek Ko‘lboyev (“Kolya-qirg‘iz”) Qirg‘izistondagi eng mashhur kriminal avtoritetlardan biri bo‘lgan. AQSH razvedka idoralari uni dunyodagi eng yirik narkobaronlar ro‘yxatiga va sobiq SSSR mamlakatlarining eng mashhur 10 ta jinoiy rahbarlari qatoriga kiritgan. Ko‘lboevni hibsga olish yoki uning uyushgan jinoiy guruhining “moliyaviy oqimini buzish”ga yordam beradigan maʼlumot uchun 5 million dollar mukofot eʼlon qilingan. Ko‘lboyev shu yilning 4-oktyabr kuni Bishkekda xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida o‘ldirildi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi uning noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritgan barcha boyliklarining qiymatini taxminan 1 milliard dollarga baholadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »