Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivud yulduzi Ayshvariya Ray 1-noyabr kuni 50 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan aktrisaning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Foto: “RIA Novosti”
 

Uning hayotida hamma narsa sodir bo‘ldi: aqlbovar qilmas cho‘qqiga chiqish va birdaniga qulash, hayratga solish va jamoatchilik orasida unutilish, mukammal qomat hamda tashqi ko‘rinishiga nisbatan muxlislarning kulgusi... Ammo Ayshvariya Ray hammaga inson o‘z taqdirining egasi ekanligini isbotladi. U birinchi go‘zallik timsoli va mamlakatining tirik ramzi maqomini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Ayshvariya 1973-yil Hindistonning Mangalor port shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Krishnaraja Ray Hindiston dengiz savdo ofitseri, onasi Vrinda Ray esa mashhur yozuvchi edi. Oila jamiyatda imtiyozli mavqega ega bo‘lgani uchun ham Ayshvariya va uning akasi Aditya yaxshi ta’lim oldi. Bolaligidan Ayshvariya klassik musiqa va raqs san’atini yaxshi bilgan hamda til o‘rgangan. Uning ona tili tulu bo‘lsa-da, tamil, hind, maratxi va ingliz tillarini yaxshi bilardi, bu esa bo‘lajak aktrisaning foydasiga xizmat qilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Bolaligidanoq Ayshvariya o‘zining boshqacha ekanligini bilardi. Axir u Hindistonning mahalliy aholisi uchun xos bo‘lmagan och kulrang ko‘zlari bilan tug‘ilgan. Shuning uchun ham unga xuddi kichkina malika kabi munosabatda bo‘lishdi va u ham o‘zini xuddi shunday his qildi.

Yuksaklarga parvoz

Foto: Instagram
 

 Ota-ona “malika”ga shaharning torlik qilishi, bu yerda u hech narsaga erisha olmasligini tushundi va Bombeyga ko‘chib o‘tdi. Ayshvariya elita maktabga yuborildi, shundan so‘ng u universitetga o‘qishga kirdi. Arxitektura fakultetida o‘qib, bu uning sohasi emasligini tushunib yetdi. Uning vazifasi o‘zining go‘zalligi bilan odamlarni xursand qilish edi. Shundan so‘ng u modelga aylandi va bu yo‘l uni hind go‘zallari erishib bo‘lmaydigan cho‘qqilarga olib chiqdi – 1994-yilda musobaqa tarixida birinchi marta Hindiston vakili “Dunyo go‘zali” toji va unvonini qo‘lga kiritdi.

Aytishga hojat yo‘q, shundan so‘ng katta reklama shartnomalari uning ustiga yomg‘ir kabi yog‘ildi. U Pepsi reklama kampaniyasida faol ishtirok etdi, mashhur jurnallar, shu jumladan, Vogue muqovasi uchun suratga tushdi. Modellik biznesining har qanday vakili shon-shuhrat nurlarida cho‘milib, uning boshni aylantiruvchi muvaffaqiyatidan zavqlanar edi, lekin Ayshvariya emas. Modellik dunyosi uning uchun kichiklik qildi va u kino olamiga qadam qo‘ydi.

Kino karyerasidagi kesishgan yo‘llar

Foto: Instagram
 

Ayshvariya Ray nafaqat kinoga qadam qo‘ydi, balki tezda Bollivudni zabt etib, Gollivudga yo‘l oldi. Gollivud tarixda birinchi marta hind aktrisasini o‘zining kinematografiya oilasiga qabul qildi. Gollivudda Ayshvariya muvaffaqiyatli, daromad keltiruvchi filmlar va omadsiz loyihalarga ega edi. Ammo to‘siqlar uni yiqitmadi: aktrisa yangi prodyuser, agentlarni qidirdi, ssenariylarni o‘rgandi, kastinglardan o‘tdi ... Va muvaffaqiyatsizlik o‘rnini g‘alabaga bo‘shatdi.

Karyera yoki shaxsiy hayot?

Foto: Instagram
 

2000-yillar boshida Ayshvariya Rayning kinematografiya karyerasi jadal rivojlana boshladi. 2000-yilda katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan va kinotanqidchilarning yuqori baholariga sazovor bo‘lgan “Ong va sezgi” va “Muhabbatga ishtiyoq” filmlari chiqarildi. Shuningdek, “Sevgi haqida bir necha so‘z” filmida bosh rolni aktyor Abxishek Bachchan, ayol rolini esa Ayshvariya Ray ijro etdi. Film kutilmaganda kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin aktyorlar o‘rtasida asta-sekin katta alangaga aylanmoqchi bo‘lgan sevgi uchquni paydo bo‘ldi.

Karyera yoki shaxsiy hayot?  Uning butun dunyo bo‘ylab safarda bo‘lishini talab qiladigan muvaffaqiyatli shartnomalari bor edi va u ularni bekor qila olmasdi. 2003-yilda Ayshvariya Kann kinofestivalida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi. Keyin u L’Oreal bilan uzoq muddatli reklama shartnomasini imzoladi, kola va De Beers uchun reklama roliklarida qatnashdi.

Foto: Instagram
 

Ammo Ayshvariya mashhurlik cho‘qqisida va eng talabgir aktrisa bo‘lishiga qaramay, Abxishek Bachchan bilan o‘rtasidagi his-tuyg‘ularni yashira olmadi. Ular uchrashgan vaqtdan beri yetti yil o‘tgandi va bu yakuniy qaror qabul qilish uchun yetarli vaqt. 2007-yil yanvar oyida aktrisa Bachchan bilan unashtirilganini e’lon qildi va 2007-yilning 20-aprelida tantanali to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Aktrisaga endilikda sevimli va mehribon rafiqa roli ekranlarda emas, balki real hayotda topshirilgandi.

Farzandining dunyoga kelishi aktrisaning karyerasini barbod qildimi?

2011-yil 16-noyabrda Bachchanlar oilasida muhim voqea sodir bo‘ldi. Mumbaydagi nufuzli klinikada aktrisa Aaradhiya Bachchan ismli qizni dunyoga keltirdi. Bu vaqtda aktrisa 38 yoshda edi. Albatta, bu yoshda birinchi bolaning tug‘ilishi ayol tanasi uchun qiyin vazifadir. Gormonal o‘zgarishlar keskin vazn ortishiga olib keldi, homiladorlik paytida aktrisa 25 kilogrammdan ortiq vaznga ega bo‘ldi. To‘lachadan kelgan Ayshvariya Rayning suratlari butun dunyo bo‘ylab tarqaldi. Kechagi jonkuyar muxlislar uni “millat iftixori”dan “millat sharmandasi” deb nomlashdi. Kino uning oldida eshiklarini yopdi, reklama shartnomalari tugadi. Aktrisaga qaror qilish vaqti kelgandi: karyera va unvonlar bilan xayrlashish yoki ularni qaytarib olish uchun kurashish.

Ayshvariya Ray qanday vazn yo‘qotdi?

Foto: Instagram
 

Yil davomida aktrisa maxsus parhezga rioya qildi va shaxsiy murabbiy bilan ishladi. “Zavorlar malikasi” hech qachon qat’iy parhez cheklovlarini ma’qullamaydi, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan uzoq vaqt davomida uzilishlarsiz rioya qilishi mumkin bo‘lgan parhezni tanladi. Tez vazn yo‘qotish haqida gap yo‘q edi: axir keskin vazn yo‘qotish ham yuzda jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi, teri osiladi, burmalar va ajinlar paydo bo‘ladi. Bollivud yulduzi esa bunday qurbonliklarga tayyor emas edi. Natijada barcha variantlarni to‘liq tahlil qilingandan so‘ng aktrisa vazn yo‘qotishning an’anaviy hind usuliga qaror qildi. Bu go‘sht, xamir ovqatlar, shirinliklar, yog‘li ovqat va hatto mevalarni butunlay rad etishni nazarda tutadi. Limon qobig‘i ertalabki bo‘tqa uchun qo‘shimcha sifatida ruxsat etiladi.

Foto: Instagram
 

Uzoq vaqt davomida aktrisaning kundalik ratsionini quyidagilar tashkil etdi:

  • ikki porsiya qaynatilgan jigarrang guruch (tozalanmagan);
  • yangi sabzavotlar;
  • yog‘siz baliq navlari;
  • kam yog‘li tabiiy sut mahsulotlari;
  • quritilgan mevalar;
  • dengiz mahsulotlari.

Hind diyetasida yana bir sir bor – ziravorlar. Ko‘p miqdorda zarchava, dolchin iste’mol qilish metabolizmni tezlashtirishga va yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi. To‘g‘ri ovqatlanishdan tashqari, aktrisa shaxsiy murabbiy bilan ishlagan. Uning uchun maxsus yoga va meditatsiya elementlari bilan mashqlar to‘plami tuzilgan. Va Ayshvariya  yugurish yo‘lakchasida yurib emas, balki ko‘p vaqtini qizi bilan yurishga sarflashni afzal ko‘rdi. Kutilgan “mo‘jiza” sodir bo‘ldi! Aktrisa o‘zining avvalgi qiyofasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!

Foto: Instagram
 

Kino olamiga qaytish

2015-yilda Ayshvariya Ray g‘alaba bilan kinoga qaytdi. 5 yillik faoliyatidagi tanaffusdan so‘ng u “O‘zaro tortishuv” filmida rol o‘ynadi va o‘zini birinchi marta prodyuser sifatida sinab ko‘rdi.

2016-yilda uning ishtirokida ikkita film chiqdi: “Sarbjit” va “Yurak ishlari”.  Filmdan so‘ng buyuk Juliya Roberts Ayshvariya Rayni “Hindistonning eng go‘zal ayoli” deb atadi. Va 2017-yilda aktrisa nufuzli kinofestivalning qizil gilamida hashamatli yaltiroq ko‘ylakdagi nozik qomatni namoyish etib, tomoshabinlarni xursand qildi va Hindistonning tirik ramzi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Aktrisa haqidagi qiziqarli faktlar:

  1. Ayshvariya ona tili — tuludan tashqari, yana sakkizta: hind, bengal, ingliz, tamil, maratxi, telugu, kannada va urdu tillarini yaxshi biladi. Shuningdek, ispan tilidan ham biroz xabardor.
  2. Aktrisa bosh qahramonni Bred Pitt ijro etgan “Troya” filmiga taklif etilgan, biroq aktrisa rad javob bergan.
  3. Ayshvariya “Madam Tyusso” muzeyida mum haykali qo‘yilgan birinchi hind aktrisasi.
  4. Aktrisa 2012-yildan buyon Fransiyaning San’at va adabiyot ordeni ofitseri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »