Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning HAMAS bilan urushi boshlanganidan beri G‘azo sektorida 46 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin hukumatidagi manbalarga tayanib, ISNA agentligi xabar berdi.

Foto: ISNA

2-noyabr kuni Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi jangovar harakatlar paytida kamida 36 nafar jurnalist va OAV xodimlari halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Ulardan 31 nafari falastinlik, to‘rt nafari isroillik va bir nafari livanlik ekani aytildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bundan tashqari, sakkiz nafar jurnalist yaralangan, to‘qqiz nafari bedarak yo‘qolgan yoki hibsga olingan. Qo‘mita jangovar harakatlar hududida jurnalistlarga hujumlar, hibsga olishlar, tahdidlar, senzura va ularning oila a’zolarini o‘ldirishlar davom etayotganini ta’kidladi.

Isroil mudofaa kuchlari Reuters va AFP agentliklarining G‘azo sektorida jurnalistlar nishonga olinmasligiga kafolat berish haqidagi so‘rovlarini rad etdi. Isroil buni HAMAS harbiy amaliyotlarni “jurnalistlar va tinch aholiga yaqin joyda” olib borishi bilan izohladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »