Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini ayovsiz kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir bo‘lgan. Ushbu holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. 4-noyabr kuni Yangi Namangan tumani, “Yoshlik” MFY, Islomobod ko‘chasida yashovchi fuqaro K.X. yashash xonadonida o‘z farzandi — 2013-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.M.ni qattiq kaltaklagan.

Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan S.M. olgan tan jarohati yuzasidan tegishli tartibda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda Namangan shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan fuqaro K.X.ning harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan tegishli tartibda tergov surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »