Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi Isroilning G‘azodagi tinch aholiga qarshi harbiy harakatlarini insoniyatga qarshi jinoyat sifatida qoraladi. Bu haqda Kloop xabar berdi.

Foto: KNews

Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi fuqarolarni Falastindagi jihod g‘oyasidan voz kechishga chaqirdi, chunki bu shariat qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi.

“Bu nafaqat falastinliklarning, balki butun dunyo musulmonlarining qayg‘usidir. Xalqaro hamjamiyat hozirgi urushning shafqatsizligini qoralaydi va uni tezroq tugatishni talab qiladi. Qirg‘izistonning geografik olisligi tufayli ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq, degan qarorga keldik.
Shu bois odamlar gavjum joylarda, masjid va madrasalarda, juma namoziga kelgan har bir musulmonni Falastin xalqi uchun duo qilishga chaqiramiz. Moddiy yordam ko‘rsatish hozirgi sharoitda shariat bizga qo‘yayotgan asosiy talabdir”, — deyiladi bayonotda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »