Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston G‘azo sektorida qolib ketgan fuqarolarini Misr orqali evakuatsiya qilishga urinib ko‘radi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Qayrat Umarov Senat yig‘ilishida bu haqda ma’lumot berdi.

Vazir o‘rinbosari qozog‘istonliklarni G‘azo sektoridan evakuatsiya qilish oson emasligini ta’kidladi. Sektorning o‘qqa tutilishi bu jarayonni murakkablashtiradi. Umarovning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektori orqali o‘tadigan yagona yo‘l — Rafah yopilgan.

“Shuning uchun biz tomondan diplomatik vakolatxonalarimiz G‘azoda bo‘lgan fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada. Misr hukumati bilan ishlayapmiz. Fuqarolarimizni bu hududdan olib chiqib ketishlarini taʼminlash maqsadida hududdagi boshqa turli mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlayapmiz”, — dedi Qayrat Umarov.

TIV shuningdek, 45 davlat G‘azo sektoridan tinch aholini olib chiqish masalasi ustida ish olib borayotganini, ammo hozircha muvaffaqiyatga erishmaganini qo‘shimcha qildi. Shuning uchun ular endi faqat gumanitar yordam ko'rsatishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »