Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tuzatishlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilish ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilmoqda. Valyuta sotib olish uchun ariza topshirilganda, ilova qilinishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin. Jumladan:

  • valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun tuzilgan shartnoma (shartnoma, bitim, schyot-faktura);
  • lizing va xorijiy valyutadagi kreditlarga xizmat ko‘rsatishda — asosiy qarz va foizlar to‘lovlarini qaytarish jadvali;
  • xorijiy investorlarning foydalari, dividendlari va boshqa daromadlari repatriatsiya qilinganda — foyda taqsimoti, dividendlar to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat, auditorlik tashkiloti yoki soliq organining xulosasi, shuningdek soliq organining daromad solig‘i to‘langani to‘g‘risidagi tasdiqnomasi.

Ayrim hollarda bank milliy valyutadagi mablag‘larning kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham talab qilishi mumkin bo‘ladi. Xususan, norezidentlar xorijdagi hisob raqamlariga yoki ular tomonidan tashkil etilgan xorijiy korxonalarga mablag‘ o‘tkazsa.

Loyihaga ko‘ra, so‘m mablag‘larini xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishda, banklar tomonidan O‘zbekiston banklaridan olingan xorijiy valyutadagi kreditlar (lizing) bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish uchun mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni akseptsiz hisobdan chiqarishda mijozning arizasi talab qilinmaydi.

Xorijiy valyutani xarid qilish bo‘yicha arizalar shu kuniyoq dastlabki tekshirish uchun bank filialiga yuborilishi kutilmoqda. Qoidalarning amaldagi tahririda ariza bankning alohida tarkibiy bo‘linmasi tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, agar dastlabki tekshirish vaqtida ariza tegishli tartibda to‘ldirilmagani yoki tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi aniqlansa, bank filiali kamchiliklarni bartaraf etish uchun arizani mijozga qaytaradi. Agar xatolar bo‘lmasa, ariza ko‘rib chiqish uchun bosh bankning tarkibiy bo‘linmasiga yuboriladi.

Valyuta sotib olish bo‘yicha arizalar bank filiallarida maʼqullansa, o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda yakuniy qaror bosh bank tomonidan qabul qilinadi.

Norezidentlar O‘zbekiston banklarida ochilgan milliy valyutadagi hisobvaraqlariga qonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘lari tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiritiladi.

Norezident jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari, agar mablag‘larning qonuniy kelib chiqishi to‘g‘risida dalillar mavjud bo‘lsa, amalga oshirilishi taklif etiladi. Banklar tomonidan deklaratsiyani talab qilmaydigan miqdorda import qilingan xorijiy valyutani sotib olish bundan mustasno. Hozircha bu summa 70 million so‘m ekvivalentini tashkil etadi.

Bundan tashqari, norezidentlar tomonidan bir qator bank operatsiyalarini amalga oshirishda hujjatlarni — bojxona deklaratsiyasi yoki o‘tkazma to‘g‘risidagi hisobvaraqdan ko‘chirmani taqdim etish bo‘yicha istisnolarni bekor qilish taklif etilmoqda. Shu bilan birga, muayyan hisob-kitoblar uchun (bank xizmatlarini ko‘rsatish, yuridik shaxsning hisob raqamiga ustav kapitalini kiritish, xayriya) boshqa hujjatlardan foydalanish mumkin.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »